3.3 Ayrim zararkunanda turlarning biologiyasi
Qo’ng’ir meva kanasi – Bryobia redicorzevi Keck.
Kana kattaligi 0.5 mm bo’lib, tashqi ko’rinishidan kichik o’rgachakni
eslatadi. Voyaga etgan formalarida 8 ta oyog’i bo’ladi. Diqqat bilan qaralsa, kana
tuxumlarini qizg’ish sharsimon ekanligini kuzatish mumkin. Kanalar asosan yoz va
kuzda o’simliklarning shohlanish joyiga generative kurtaklar halqasiga tuxum
qo’yadi va shu yerda qishlovga kiradi.
Ayrim vaqtlarda kanalar juda ko’p tuxum qo’ygani sababli shox va novdalar
sarg’ish qizg’sh rangga kiradi. Bahorda lichinkalar kurtaklashi arafasida chiqadi.
Lichinkalar tuxumdan chiqqandan so’ng shox va novdalarda kulrang - oq
po’stloqlar qoladi. Lichinkalar yana kanalar singari barg va kurtaklarning shira
suyuqligi bilan oziqlanadi. Zararlangan barglar o’z rangini yo’qotib, kir oqish
rangga kiradi, rivojlanmaydi, novdalar rivojlanishi to’xtaydi, hosil kamayib,
daraxtlarni sovuqqa chidamliligi pasayadi. Kanalar asosan bir yoshli yosh
kurtaklarga zarar keltiradi. Yil davomida kanalar 4- 5 marta avlod beradi. Qo’ng’ir
kana barcha mevali daraxt navlarini zararlaydi, asosan olma daraxtini ko’p
zararlaydi. Deyarli barcha joylarda tarqalgan, faqat ochiq joylarda kuchli zarar
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |