Tabiiyot-geografiya fakulteti
Hasharotlarning oziqlanishi
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
bog - mevazor zararkunandalarining bioekologik xususiyatlari
Hasharotlarning oziqlanishi. Oziqlanishiga qarab hasharotlarni bir xil
o’simlik yoki hayvon ozig’i (o’simlik yoki hayvonning bir turini) yeydigan monofaglarga hamda hamma – polifaglarga bo’lish mumkin. Monofaglarga fitomomus, tut odimchisi, storus kabilar, polifaglarga – turli xil ozuqa bilan oziqlana oladigan g’o’za tunlami, kuzgi tunlam, oltinko’zlar misol bo’ladi. Bitta botanik oilaga mansub o’simliklar bilan oziqlanadigan hasharotlar oligofaglarga kiritiladi (gulxayri kuyasi, poliz xonqizi va boshqalar). Hammaxo’r hasharotlar har xil oziqa bilan oziqlanishiga qaramay, ularning xush ko’radiga ozig’i bo’ladi, ana shu oziqa hasharot turining hayot faoliyatini ham oshiradi, faqat o’simlik ozig’i bilangina oziqlanadigan hasharotlar fitofaglar, hayvonot ozig’i bilangina oziqlanadiganlar zoofaglar deyiladi. Parchalinishdan
17
hosil bo’lgan moddalar bilan oziqlanuvchilar saprofaglar, o’limtiklar bilan oziqlanadiganlar nekrofaglar va go’ng bilan oziqlanadiganlar kaprofaglar deb ataladi. Diapauza. Noqulay sharoit (past yoki yuqori harorat, qurg’oqchilik, oziqa yetishmasligi) oqibatida hasharotlarning ko’p turlari rivojlanishda to’xtaydi, ushbu holat diapauza deb ataladi. Diapauza vaqtida hasharot qimirlamaydi yoki kam harakat qiladi, oziqlanmaydi, modda almashinish jarayonlari keskin darajada susayadi va sifat jihatidan o’zgaradi. Diapauza ro’y berganda hasharotlarning hayoti organizmda to’plagan oziqa moddalar hisobiga davom etadi, nafas olish havo kislorodisiz kechadi, chunki oziqa moddalar hujayralarning maxsus fermentlari vositasida oksidlanib turadi. Bularga bog’liq ravishda diapauzadagi hasharot sovuqqa va boshqa noqulay sharoitlarga bardosh bera oladi. Hasharotlar rivojlanishning barcha fazalarida (lekin shu tur uchun bir xil fazada) diapauzaga kirishi mumkin. Hasharotlardagi diapauza noqulay sharoitlarga moslashish jarayonida vujudga kelgan bo’lib, nasldan – naslga o’tadi. Rivojlanish uchun qulay sharoit vujudga kelishi bilan diapauza to’xtaydi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling