Tabiiyot geografiya fakulteti
Download 1.29 Mb.
|
1427456314 60887
Umuman aytganda, «pop-muzika» ijrochiligi ko‘ngil ochar musiqa niqobi ostida ommaviy vasvasali, shaytoniy talvasali, badaxloq raqs lar, ko‘pincha oxiri janjal, ur-yiqit, vahshiyliklarga borib yetadigan agressiv diskoteka shoularini uyushtirish bilan ajralib turadi. 1970 yilda Kaliforniyaning Altamonte shahrida bo‘lgan musiqa festivalida o‘zini «pop-muzika» qiroli hisoblaydigan
«Rolling Stounz» («Aylanayotgan tosh») guruhi kontserti ana shunday ur-yiqitlar bilan tugab, politsiya bu mojaro oqibatlari bilan uzoq muddat shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelgan edi. «Pop-muzika» namoyandalari o‘z «ommaviy»liklarini ta'kidlash uchun sahnadagi xatti-harakatlari va kiyim-liboslari namoyishida ham - odob-axloq, jamiyatga ehtirom tuyg‘ularini rad etib - asosan ko‘cha, olomonchilik qonun-qoidalariga amal qiladilar. Va o‘zlarining kulguli darajada ajralib turadigan shunday raftorlaridan faxrlanadilar. Afsuslanarli tomoni shundaki, bunday holatlarni «pop-muzika»chilar san'atdagi demokratizmning, xalqchillikning tantanasi, deb bilishadi.
Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling