Tabiy resurslardan foydalanishning ekologik ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy jihatlari
Download 52.43 Kb.
|
Мuxtorov kurs ishi.doc (Автосохраненный)
Nihoyat uchinchidan, insoniyatning “ishtahasi” to'xtovsiz oshib boradi. Sizga ma'lumki, yer po'stida foydali qazilmalarning joylashishi geologik qonuniyatlarga bo'ysunadi. Yoqilg'i foydali qazilmalari kelib chiqishiga kora cho'kindi bo'lib qadimgi platformalarning ustini qoplagan jinslar orasida hamda ichki va chekkadagi bukilma botiqlarga joylshgan bo'ladi. Yer kurrasida 3,6 mingdan ortiq ko'mir xavzalari va konlar bo'lib, ular birgalikda quruqlik maydonining 15 foizini tashkil etadi. Bir xil geologik yoshga ega bo'lgan ko'mir xavzalari ko'pincha minglab km ga cho'zilib ketgan ko'mirli mintaqalarni hosil qiladi. Asosiy ko'mir zahiralari Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropada bo'lib, o'nta yirik havzaga to'langan.Yer yuzida ko'mir zahirasi neft zahiralariga qaraganda ancha ko'p. Bu zahiralar 15-16 trln. tonnaga mo'ljallangan. Ko'mir zahiralari va uni qazib chiqarish jihatdan rivojlangan mamlakatlar ajralib turadi. Qazib chiqarilayotgan ko'mirning deyarli 90 foizi yana shu mamlakatlarga to'g'ri keladi. Lekin ko'mir qazib chiqarishda bu mamlakatlar keyingi yillarda rivojlanishga erishgani yo'q (AQSH, Angliya, Germaniya, Fransiya ). Urushdan keyingi yillarda ko'mir qazib chiqarish geografiyasi o'zgardi.Toshko'mirning eng ko'p miqdori MDH va XXR, Polpsha, qo'ng'ir ko'mir esa Germaniyada va MDH da qazib chiqarilmoqda. Olti yuzdan ortiq neft gazli xavzalar o'rganilgan. Ulardan 450 sida neft gaz qazib olinadi. Konlarning umumiy soni 35 mingtaga yetadi. Ularning asosiy zaxiralari Shimoliy yarim sharda bo'lib, mezozoy yotqiziqlari orasida joylashgan. Neft gaz zahiralarning asosiy qismi uncha ko'p bo'lmagan eng yirik havzalarda to'plangan. Neftning butun jahondagi zaxirasi 300-400 mlrd t. deb belgilangan. Tekshirilgan zahirasi 60-70 mlrd t. Ayniqsa, Rossiyada Yaqin va O'rta Sharqda joylashgan. Dunyo neft qazib chiqarish sanoatining joylashuviga xos xususiyatlari shundan iboratki, butun qazib olinayotgan neftning deyarli asosiy qismi shu mamlakatlar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlardan faqat AQSH va Kanadadagidan ko'p miqdorda neft qazib chiqariladi. G'arbiy Yefropa va Yaponiya neftni import qilishga ayniqsa qaram. Bu mamlakatlar o'zlarida qazib chiqarilayotgan neft bilan o'z ehtiyojlarini o'zida oz qisminigina qondira oladi. Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlari qazib chiqarilayotgan neftni G'rbiy Yevropaga eksport qiladi. Rivojlangan mamlakatlar neft sanoatida Amerikaning “standart oil” va Angliya Gollandiyaning “Royyal datch-Shell” kabi yirik monopoliyalari hukmronlik qilmoqda. Amerika monopoliyalari dunyoda qazib chiqarilayotgan neftni deyarli 65 foizini nazorat qiladi. Download 52.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling