Tabiyiy geografiya va gidrometrologiya


Download 1.49 Mb.
bet9/10
Sana06.05.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1434872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tektonik harakatlar strukturalar

Fleksura deb gorizontal yoki qiya yotgan qatlamlarning tirsaksimon buklanishidan hosil bo‘lgan pog‘onali strukturaga aytiladi. Fleksuralarda ustki yoki ko‘tarilgan qanot, pastki yoki cho‘kkan qanot va tutashtiruvchi qanot singari elementlar ajratiladi .
Qiya yotgan qatlamlarda hosil bo‘lgan fleksuralar muvofiq va nomuvofiq turlarga bo‘linadi. Muvofiq fleksuralarda ustki, pastki va tutashtiruvchi qanotlari bir tomonga qarab yotgan bo‘ladi. Nomuvofiq fleksuralarda ustki va pastki qanotlar bir tomonga, tutashtiruvchi qanotlari esa, qarama-qarshi tomonga qarab yotgan bo‘ladi. Fleksuralar substrat yotqiziqlarida uzilmali strukturalar hosil bo‘lishi va ma’lum blokning cho‘kishi natija-sida paydo bo‘ladi. Lekin bunda fleksura hosil


Fleksura elementlari.
qiluvchi qatlam yaxlitligi buzilmasdan cho‘zilgan bo‘ladi.
Burmali strukturalar va fleksuralar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular Yer po‘stining tektonik rivojlanishi natijasida vujudga keladi va hududning geologik taraqqiyoti tarixini bosqichma-bosqich o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Bulardan tashqari ko‘pgina foydali qazilma boyliklarning hosil bo‘lishi va to‘planishi burmali strukturalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Burmali struktu- ralarni va fleksuralarni har tomonlama o‘rganish foydali qazilma konlarini qidirishda, razvedka va eksplutatsiya qilishda katta amaliy ahamiyatga ega.
Uzilmali strukturalar va ularning morfologik turlari. Uzilmali strukturalar (yer yoriqlari) Yer po‘stida rivojlanadigan tektonik kuchlar ta’sirida sodir bo‘lib, burmali tog‘larda keng tarqalgan .
Yer po‘stining yaxlitligi buzilishi orqali bir-biridan ajralgan bo‘laklari o‘zining fazoda tutgan o‘rni va surilishda qatnashish faolligi bilan ajralib turadi.
Uzilmali strukturalarning surilish yuzasi tekis va notekis bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u odatda silliqlangan bo‘ladi. Bunday silliq va yaltiroq yuza - sirpanish oynasi deb ataladi.
Surilish yuzasi notekis bo‘lsa, o‘zaro xarakatda bo‘lgan bloklar orasida tektonik brekchiyalar hosil bo‘lishi mumkin. Tektonik brekchiyalarning harakatdagi bloklar orasida maydalanib ezilishi va zichlashishi oqibatida milonitlar hosil bo‘ladi.

Tektonik kuchlar ta’sirida hosil bo‘lgan buzilmalar.

Tektonik brekchiyalar katta bo‘shliq hajmiga ega bo‘lganligi uchun ko‘p hollarda ularning ichiga gidrotermal eritmalar kirib, tomirli va ma’danli mineral yotqiziqlar
hosil qiladi. Shuningdek tektonik brekchiyalar orasida erosti suvlari, gaz va neft mahsulotlri to‘planishi mumkin.
Uzilmali strukturada ko‘tarilgan blok yoki yotgan qanot, cho‘kkan blok yoki osma qanot, surilish yuzasi, surilish yuzasining yotish burchagi, surilish amplitudasi kabi elementlar ajratiladi.
Uzilmali strukturalar o‘zining xima-xilligi bilan ajralib turadi va bloklarning surilish yuzasi yo‘nalish chizig‘i bo‘yicha (gorizontal), surilish yuzasining yotish chizig‘i bo‘ycha (vertikal) va ularning har ikkisiga ham ma’lum burchak ostida (diagonal) harakatlanishi orqali bir-biridan farqlanadi. Bulardan tashqari bloklarning surilish yuzasiga perpendikulyar yo‘nalishdagi xarakati, surilish yuzasining yotish burchagi, uning yotish tomoni va boshqa xususiyatlari ham hisobga olinadi. Ular orqali uzilmali strukturalar uzilma, aksuzilma, siljima, ustsurilma, qoplama va ochilma singari turlarga ajratiladi.
Uzilmali struktura-larning bunday xilma-xilligi tog‘ jinslariga ta’sir qiluvchi tektonik kuchlarning harakat yo‘nalishi va ular orasidagi munosabatga bog‘liq. Tektonik kuchlar harakat yo‘nalishiga qarab siquvchi, cho‘zuvchi va juft kuchlarga bo‘linadi
Siquvchi tektonik kuchlar bir-biriga qarshi yo‘nalishdagi harakati tufayli tog‘ jinslarida burmali strukturalardan tashqariaksuzilma, ustsurilmavaqoplamasingari uzilmali strukturalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Tektonik qoplamalar yoki sharyajlar tog‘ jinslari bloklarining qiyaligi kichik, gorizontal va to‘lqinsimon surilish yuzalari bo‘ylab o‘nlab va yuzlab kilometrlarga surilganligi bilan ajralib turadi. Qoplama struktura tagidagi surilmagan tog‘ jinslari bloki avtoxton, katta masofaga surilgan va qoplama strukturani tashkil qiluvchi jinslar alloxtondeb yuritiladi. Alloxtonning oldingi qismi emirilishi mumkin. Uning emirilishidan saqlanib qolgan fragmentlari tekonik qoldiq deb, alloxtonning emirilib yuvilishi natijasida avtoxtonning ochilib qolgan joylari tektonik shog‘noq yokituynuk deb va alloxtonning oldingi qismi shar’yaj fronti deb yuritiladi.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling