1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi


Download 276.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi276.71 Kb.
#1549653
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi



1-MAVZU. GIDRAVLIKA FANINING TARIXI VA RIVOJLANISHI 
REJA: 
1.1. Gidravlikaning o`rganish sohasi. 
1.2. Gidravlikaning qisqacha tarixi. 
1.3. Gidravlikaning hozirgi zamon mashinasozligida va qishloq xo`jaligida to`tgan 
o`rni va qo`llanishi 
1.4. Suyuqliklar to`g`risida asosiy tushunchalar. 
1.5. Gidrostatik bosim va uning xossalari. 
1.6. Suyuqliklarning fizik xossalari. 
1.7. Suyuqliklarda ishqalanish uchun Nyuton qonuni. Qovushoqlik. 
TAYANCH IBORALAR: 
Bosim, bug` mashinasi, buldozirlar, gazsimon, gidravlika, gidromashinalar, 
gidromexanika, gidromufta, gidrotexnika, gidrotransformator, gidrouzatmalar, 
gidroyuritmalar, differentsial tenglamalar, ideal suyuqlik, inertsiya, irrigatsiya, 
qarshilik, qattiq jismlar tashqi kuchlar, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va 
mashinalari, qovushqoqlik kuchi, qonun, quvurlar, qurilmalar, kuchlar, loyihalash, 
massali kuch, matematika, mashinalar, muvozanat holati, muvozanat, nasos, neft 
mexanikasi, neft, og`irlik, oquvchanlik, paxta terish mashinalari, porshenli nasos, 
Prandtl, rezervuar, saqlagichlar, siquvchi kuchlanish, simob, sirt taranglik kuchi, 
sirtqi kuch, spirt, suv ta'minoti va kanalizatsiya, suv, suyuqlik, tajriba, tegirmonlar,
texnika, tog`-kon sanoati, tomchilanuvchi, tomchisimon suyuqliklar, traktorlar, turli 
moylar, tutash jismlar, o`rtacha tezlik, hajm, harakat, harakat qonunlari, harorat, 
hisoblash, charxpalak, cho`zuvchi kuch, empirik, energiya, erkin sirt.
1.1. Gidravlika fanining o`rganish sohasi 
Suyuqlik qonunlarini ikkita fan o`rganadi: ulardan birinchisi nazariy 
gidromexanika bo`lib, suyuqlik muvozanati va harakati qonunlarini aniq 
matematikaga asoslanib, ularni differentsial tenglamalar bilan ifodalash va uni 
yechishga asoslangandir. Ulardan ikkinchisi gidravlika bo`lib, u gidromexanikaning 


qonunlarini amaliy jihatdan o`rganib, uni texnikaning har xil sohalariga tadbiq etish 
bilan shug`ullanadi. 
Gidravlika 
o`z xulosalarini 
suyuqlik 
harakatining 
soddalashtirilgan 
sxemalarini qarash asosida chiqaradi va, odatda nazariy tenglamalarga empirik 
koeffitsiyentlar kiritib, ularni tajribalar o`tkazish yo`li bilan aniqlaydi. Shuningdek
gidravlika oqimning kesim bo`yicha o`rtacha tezligi va bosimning harakat 
davomida yo`lning biror nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga o`tganda qanday o`zgarib 
borishini tekshirish bilan qanoatlanadi. Keyinchalik gidravlika bilan gidromexanika 
fani o`zaro yaqinlashib, bir-birini to`ldiruvchi fanga aylandi. Bu narsa asrimiz 
boshida ijod etgan olim L. Prandtlning nomi bilan bog`liqdir.
Gidravlikaning 
tadbiqi 
sifatida 
gidromashinalar, 
gidroyuritmalar, 
gidroyuritmalar bo`limi bo`lib, u suyuqliklarda kuchlarning tarqalishi va uning 
harakat davomida o`zgarib borish qonunlarini har xil qurilmalar va mashinalarni 
hisoblash hamda loyihalashga tadbiq etish bilan shug`ullanadi. 
Gidravlika shuningdek, gidrotexnika, irrigatsiya, suv ta'minoti va 
kanalizatsiya, neft mexanikasi, kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari va mashinalari 
kabi bir qancha fanlarning asosi hisoblanadi. 
Gidravlika va gidromashinalar fani asosan ikki bo`limga bo`lib o`rganiladi, 
ya'ni gidravlika qismida tomchisimon suyuqliklarning siqilmaydigan muvozanat 
holati va harakat qonunlari o`rganiladi; gidromashinalar qismida-gidravlik
mashinalar tuzilishi, ishlashi, asosiy tavsiflari va hisob tenglamalari hamda ularni 
loyihalash va ishlatishning asosiy qonunlari o`rganiladi. 
Bu fan talabalarga suyuqliklarni saqlashda, saqlagichlarni loyihalash va 
ishlatish, hamda ularni tashishda va quvurlar orqali jo`natishda, rezervuar va 
quvurlarni hisoblash va loyihalash, hamda nasos stantsiyalarini, kompressor 
stantsiyalarini loyihalash va ishlatishni o`rgatadi.

Download 276.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling