1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
Gidravlikaning hozirgi zamon mashinasozligida va qishloq xo`jaligida
Download 276.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Suyuqliklar to`g`risida asosiy tushunchalar.
1.3 Gidravlikaning hozirgi zamon mashinasozligida va qishloq xo`jaligida tutgan o`rni va qo`llanishi. Tog`-kon sanoatida gidroyuritmalar 1933-1937 yillarda foydalanila boshlandi. Navoiy va Olmalik tog`-kon metallurgiya kombinati qurilishi bilanoq mamlakatimizda ularga gidromashinalar va gidrouzatmalar qo`llanishi juda tez taraqqiy qila boshladi. Hozirgi kunda bu qurilmalardan paxta terish mashinalari, traktorlar, buldozirlar, turli avtomobillar va boshqa mexanizmlarda keng qo`llanilmokda. Gidravlika va gidromashinalar taraqqiyotining istiqbollari yuqorida aytilgan miqyosda quyidagilarni o`z ichiga oladi. Yanada quvvatliroq va foydali ish koefftsiyenti yuqoriroq nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ularni amalda joriy etish; -gidromashinalarni va gidrotexnik inshootlarni loyihalashda hozirgi zamonaviy hisoblash usullarini qo`llash va EHM larda ko`proq foydalanish. Mashinala rni avtomatik boshqarish sistemalari asosida boshqarishga o`tish. -gidrouzatmalardan qo`llaniladigan ish suyuqliklarining arzonroq va sifatliroq turlarini yaratish, ish suyuqliklarining tirqishlaridan sizib ketishini kamaytirish yo`llarini topish. -ba'zi sharoitlarda mashinalarning moylash sistemalarini takomillashtirish va uni asosiy qurilmalardan ajratish; -gidromuftalarda issiqlikdan himoya vositalarini takomillashtirish va yangi konstruktsiyalarni yaratish; -pnevmouzatmalarda siqilgan havo tayyorlab beruvchi qismlarni va pnevmosistemalardagi tirqishlarni berkituvchi bo`limlarini yaxshilash va hokazo. -Hozirgi zamon qishloq xo`jaligini sug`orishda tomchili va tuproqosti sug`orish sistemalarni bizning sharoitga mos keluvchi sxemalarini yaratish. 1.4. Suyuqliklar to`g`risida asosiy tushunchalar. Juda kichik kuchlar ta'sirida o`z shaklini o`zgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Suyuqliklar qattiq jismlardan o`z zarrachalarining juda harakatchanligi bilan farq qiladi va oquvchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Suyuqliklar ikki guruhga bo`linadi: tomchilanuvchi va gazsimon suyuqliklar. Suyuqlik deganda tomsilanuvchi suyuqlik tushuniladi. Ularga suv, spirt, neft, simob, turli moylar va boshqalar kiradi. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega: 1) hajmi bosim ta'sirida juda kam o`zgaradi. 2) harorat o`zgarishi bilan hajmi o`zgaradi. 3) cho`zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko`rsatmaydi. 4) sirtida molekulalararo qovushqoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi. Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklarga nisbatan tez harakatlanuvchi zarrachalardan iborat bo`lib, ularning hajmi bosim va harorat ta'sirida tezrok o`zgaradi. Gidromexanika kursida asosan tomchilanuvchi suyuqliklarni to`g`ridan- to`g`ri suyuqlik deb ataymiz. Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat hamda harakat vaqtida doimo qattiq jismlar: suyuqlik solingan idish tubi va devorlari, truba hamda kanallarning devorlari va boshqalar bilan chegaralangan bo`ladi. Suyuqliklar gazlar (havo) bilan ma'lum chegara bo`yicha ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt deyiladi. Download 276.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling