1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
Suyuqlikka ta'sir etuvchi kuchlar
Download 276.71 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. Gidravlika fanining tarixi va rivojlanishi
1.5. Suyuqlikka ta'sir etuvchi kuchlar.
Odatda suyuqlikka ikki turdagi tashqi kuchlar: sirtqi va massali kuchlar ta'sir qiladi. Masalan, sirtli kuchdan bosim kuchi bo`lib, u suyuqlik hajmi sirtiga qo`yilgan va shu yuzaga proportsionaldir. Massali kuchlar suyuqlikni tashkil qiluvchi har bir zarracha massasiga proportsionaldir. Bu kuchlar qatoriga og`irlik, inertsiya va shunga o`xshaganlar kiradi. Suyuqlik tinch holatda bo`lganda, unda qovushqoqlik kuchi bo`lmaydi. Shu sabali bu holda suyuqlik ideal suyuqlik xususiyatlariga ega bo`ladi va gidrostatika masalalari ideal suyuqlik deb qarab olingan yechimlari katta aniqlikda bo`ladi. Tinch holatdagi suyuqlik ichida paydo bo`lgan siquvchi kuchlanish gidrostatik bosim yoki gidrostatik bosim kuchlanishi deb ataladi. Endi gidrostatik bosim tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan asosiy qoidalarni o`rganamiz. Bu uchun muvozanatda turgan qanaqadir hajmdagi suyuq jism olamiz. (1.1-rasm) Olingan hajmdagi suyuqlikni VS tekislik bilan ikki qismga bo`lamiz. Shu bo`lingan birinchi I qism VS bo`luvchi tekislik orqali II-qismga ta'sir qiladi. Bo`luvchi tekislik yuzasini S deb belgilaymiz. Fikran birinchi qismni tashlab yuboramiz. Qolgan II-qism muvozanatda bo`lishi uchun tashlab yuborilgan I-qism o`rnini gidrostatik bosim kuchi deb ataluvchi va shu S yuzaga ta'sir qiluvchi P kuch bilan almashtiramiz. Qaralayotgan S yuzaga ta'sir qiluvchi P kuch gidrosttik bosim kuchi yoki qisqacha gidrostatik kuch deyiladi. P kuch II qismga nisbatan tashqi kuch, butun hajmga nisbatan esa ichki kuch hisoblanadi. P kuchning S yuzaga nisbati bu yuzaning birlik miqdoriga ta'sir qiluvchi kuchni beradi va o`rtacha gidrostatik bosim deb ataladi: P o’rt = P/S (1.1) Agar S yuzani kichraytirib borib, nuqtaga intiltirsak (S 0), P o’rt biror chegaraviy qiymatga intiladi. ) / lim( S P P Bu qiymat A nuqtaga ta'sir qilayotgan bosimni beradi va u gidrostatik bosim deb ataladi. Umumiy holda gidrostatik bosim r bilan o`rtacha gidrostatik bosim r o`rt teng emas. Gidrostatik bosim H /m 2 bilan o`lchanadi. 1.1-rasm. Suyuqliklarda bosim tushunchasiga doir chizma. Download 276.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling