«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


Download 1.37 Mb.
bet26/35
Sana06.11.2021
Hajmi1.37 Mb.
#171276
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
Bog'liq
«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodika

Imkoniyatlar

Xavflar

-agroiqlim sharoitlarining qulayligi;

-viloyatning “Buyuk ipak yo‘li”da joylashganligi va transmilliy avtomagistralning viloyat hududidan o‘tganligi;

-eksport salohiyatining yuqoriligi;

-sanoatni rivojlantirish imkoniyatlarining mavjudligi;

-kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bazasining mavjudligi;


-ob-havoning keskin o‘zgarib turishi, tabiiy ofatlar sodir bo‘lish xavfining mavjudligi;

-suv resurslarining cheklanganligi, mahalliy sug‘orish suv manbalarining yo‘qligi;

-aholi daromadlarining pastligi;

-ishsizlik darajasining yuqoriligi.


Amalga oshirilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, viloyatning kuchli tomonlari va imkoniyatlari uning zaif tomonlari va xavflaridan ko‘ra ko‘proq bo‘lib, bu uning salohiyati yuqoriligini ko‘rsatadi. Vaziyatning bunday real tahlili viloyatning qaysi kuchli jihatlari va imkoniyatlari yordamida uning zaif tomonlarini bartaraf etib, tavakkalchiliklarni oldini olish yo‘llarini aniqlashga yordam beradi. Bu usulni qo‘llash yordamida tuzilgan strategiya viloyatning eng muhim xususiyatlarini qamrab olgan holda, haqqoniy holatni aks ettiradi.

Tadqiqotda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasining quyidagi asosiy yo‘nalishlari asoslab berilgan: mintaqa iqtisodiyoti tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ustuvor rivojlantirish; qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va qayta ishlashni kuchaytirish orqali sohani barqaror rivojlantirish; agrar, yonilg‘i-energetika, xizmat ko‘rsatish sohalarining eksport salohiyatini kengaytirish; investitsiya muhitini yaxshilash orqali xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish; mintaqada bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va yuksaltirish; ijtimoiy sohalarni ustuvor rivojlantirish; aholini ish bilan bandligini ta’minlash.

Viloyatni rivojlantirish strategiyasida aholining oqilona va samarali bandligini ta’minlash asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanib, uni hal qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

- mahalliy xom ashyodan iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga qishloq tumanlarida ko‘p mehnat talab qiladigan yangi ish o‘rinlarini yaratish;

- xususiy mehnat faoliyati, kasanachilikni yo‘lga qo‘yish orqali mehnatning o‘zgaruvchan tartibini joriy etish;

- iqtisodiyot tarmoqlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni takomillashtirish.

Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy ob’ektlarini asosan qishloq joylarda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Birinchi o‘rinda tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish, nisbatan iqtisodiy qoloq tumanlarning rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash kerak[15].


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling