3.2. Qashqadaryo iqtisodiy rayonini o‘qitish metodikasi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa,
berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar.
I.A.Karimov.
Hozirgi kunda “Ta’lim tо‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning oldiga qо‘yilgan ustivor vazifalar yosh avlodga chuqur bilim va tarbiya berish asosida barkamol insonlarni voyaga yetkazish hisoblanadi.
Ijtimoiy hayotda sodir bо‘layotgan yangilanishlar bevosita ta’lim tizimida ham о‘z ahamiyatini aks ettiradi. Ana shunday о‘zgarishlar о‘quvchilarga yangi bilim. kо‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan cheklanib qolmasdan yoshlarning о‘ziga, о‘zgalarga jamiyatga, tabiatga nisbatan e’tiborli bо‘lishini taqozo qiladi. Shu о‘rinda maktabda о‘qituvchi asosiy mas’ul shaxs sifatida ta’lim tizimining ratsional yо‘llarini ishlab chiqadi, loyihalashtiradi. Ma’lumotlarni о‘quvchiga tez va aniq tushunarli tilda yetkazib beradi.
Geografiya dars mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanish o’quv jarayonini samaradorligini oshirish bilan birgalikda o’quvchilar shaxsiyatini shakllantirishda ham muxim o’rin tutadi. Negaki, bu usullarni qo’llash o’quvchilarda geografiya bo’yicha muayyan bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantiribgina qolmay, ularning ma’naviy dunyosi qaror topishiga ham yordam beradi. Geografiya darslarida interfaol usullar asosida mashg’ulotlarni tashkil etish orqali o’quvchilarda ijodiy fikrlash rivojlanadi.
Interfaol usulidagi «Kichik guruxlarda ishlash» mashqi o’quvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruxlarga ajratgan holda o’quv materialini o’rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan mashg’ulotlardagi ijodiy jarayon xisoblanadi. Ushbu mashq qo’llanganda ta’lim mashgulotlarida faol ishtirok etish, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarini kadrlashga hamda kichik guruxlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchining vaqtini tejash imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki, ushbu mashqda o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha o’quvchilarni mavzuga jalb etadi va baholay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |