T-to`siqlar (tashqi)
5-natija
Mashg’ulot natijalarini baholash: o’qituvchi- darsdan ko’zlangan o’quv maqsadlariga erishganlik darajasini “Fidbeyk” orqali baholaydi va kelgusi istiqbol rejalarini tuzadi. O’quvchi- “Fidbeyk”da ishtirok etadi, dars samaradorligi va o’z faoliyatini baholaydi.
Ta’lim jarayonida har qanday interfaol usul tо‘g‘ri va maqsadli qо‘llanilganda о‘quvchini mustaqil fikrlashga о‘rgatadi. Interfaol usuldagi mashqlar о‘qituvchi va о‘quvchi о‘rtasidagi ta’lim mazmunini о‘zlashtirish munosabatlarini kuchaytiribgina qolmasdan ikki taraflama faollashish demakdir. Zamonaviy didaktika о‘qitish talablari, dars jarayonida yangicha yondashuvlar ta’lim berish texnologiyasi bilan boyib borar ekan ta’lim olishga nisbatan ochiqlik, о‘z faoliyatini muntazam tahlil qila olish, shaxsiy salohiyatni rivojlantirish; turli vaziyatlarga tushganda oqilona maqsad qо‘ya olish, o’quvchining ichki imkoniyatini tо‘g‘ri yо‘naltira olish, imkoniyatlar ustida ishlash orqali natijaga kelish kabi о‘nlab shaxs xususiyatlarini samarali boshqarish kо‘nikmalarining bilim berishning interfaol usullari orqali amalga oshiradi.
Usul–о‘qituvchining individual pedagogik mahorati bо‘lib, turli ta’lim metodlari orqali sayqallanadi.
Mashq–о‘quvchining dars jarayonidagi amaliy kо‘nikmalarini shakllantiruvchi faoliyat turi. bu faoliyat о‘quvchini nazariy ma’lumotni tub mazmun mohiyatini о‘zlashtirish о‘zidan о‘tkazish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash hissiyotlarni boshqara olish kabi madaniyatni rivojlantiradi. Interfaol mashqlar о‘qituvchi-о‘quvchi о‘quvchi-о‘quvchi hamkorligiga asoslangan bо‘ladi. Bunda о‘quvchi bilim olishga о‘z xohish, istak va qiziqishlari orqali jalb qilinadi, yangi bilimlarni maqsadli о‘zlashtirish yо‘llarini о‘rganadi, amalda sinovdan о‘tkazadi. О‘quv materialini puxta bilib olishning oson yо‘lidan boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |