Tadbir o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi
Download 20.61 Kb.
|
Bobur.ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- Shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar. 2-Boshlovchi
- (P. Qodirovning ,,Yulduzli tunlar” asridan olingan parcha namoyish etiladi ) 2-boshlovchi
,,Dilbar va dilkash shoir Zahiriddin Muhammad Bobur” tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan tadbir ssenariysi. Bayram o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan. Shoir surati ,,Boburnoma”asari, sham,lavh. Tadbir o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi Assalomu alaykum aziz mehmonlar, davramiz qatnashchilari. O’zbek adabiyoti ko’p yillik tarixga ega. Millat adabiyot tarixini har zamonda yangilab, uning badiiy imkoniyatlarini butun dunyoga namoyon etib turuvchi aziz insonlari ijodkorlar bo’ladi shulardan biri Temuriylar saltanatida xizmat qilib amir-u muqarrab unvoniga ega bo’lgan g’azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy bo’lsa, ikkinchisi bevosita Temuriyzoda davlat arbobi , shoh va shoir zahiriddin Muhammad Boburdir. Mana bugun biz yoshlarimiz bilan birgalikda Bobur ijodini yanada chuqur o’rganmoqni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik . Adibning hayot va ijodidan qisqacha tanishish bilan bir qatorda Pirimqul Qodirovning ,, Yulduzli tunlar” romaniga ham murojjat qilsakda bugungi yoshlarimizga so’z navbatini bersak. Zamon va mustaqil diyorimiz sizni orangizdan o’z Navoiylarini , Boburlarini kutib turibdi. Siz bu tadbirimizdan o’zingiz uchun yaxshi ibrat va xulosa chiqara olasiz. Sahnaga boshlovchilar kirib keladi. 1-boshlovchi: O’zbekning salomi qaynoq qalbiday, Unda shukrona bor, ma’no kalom. Qo’lim ko’ksim uzra tutib barilla, Men ham sizga deyman- salom, assalom. 2-boshlovchi: Salomdan boshlanar har bir qalbga yo’l, O’zbek deganiga bu aziz kalom. Men ham o’zbek axir, zo’r shukuh bilan, Qo’lim ko’ksim uzra deyman assalom. 1-boshlovchi ;Assalomu alaykum kelajak poydevori sanalmish o’quvchi yoshlarni tarbiyalayotgan ustozlar, haurmatli mehmonlar. 2-boshlovchi: Assalomu alaykum , ilm olishda hormay ter to’kayotgan, o’zining kelajagini ilm nuri bilan yoritib borayotgan , ertasi porloq o’quvchi yoshlar. 1-boshlovchi; Adib Abdulla Qodiriy aytganidek: ,,Moziyga qaytib ish ko’rishlik xayrlik” deya tariximiz oltin sahifalaridan o’rin olgan bobokolonimiz, temuriylarning so’nggi avlodi Zahiriddin Muhammad Bobur siymosini xotirlab , barkamol avlodlik burchin ado etsak.( Ma’murjon Toxtasinov ijrosidagi ,,Yaxshilig’) radifli g’azaliga bag’ishlangan qo’shiq yangraydi. Bobur haqidagi slayd- multimediya namouish etilib, ohista pasayadi va sahnaga boshlovchilar kirib kelishadi. 2-boshlovchi Tarixni bezamish ne ulug’ zotlar, Ular ta’rifiga ojiz ming baytlar. Lekin bir shoir bor, buyukdan buyuk, Barchaga manzur-u, barchaga suyuk. 1-boshlovchi Bobur nomin bilmas qaysi yurt bu kun, Temuriy avlodi sarkarda durkun. Tig’ bilan zabd etmish Hind-u Osiyo, She’r bilan olamni etdi mahliyo. Shoirning hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar. 2-Boshlovchi: Hindiston azaliy sirli bir ma’vo. Undan taralgaydir bir ajib ma’vo. Navoki, vatanga bo’lgan muhabbat, 1-boshlovchi: Muhabbat hijrondan yaralgan xilqat. Asarlari hamon tillarda doston, Bitgan har baytida ko’ngil namoyon. U hamon barhayot , u hamon daho, Temuriy bobomiz bu- Bobur Mirzo. 2-boshlovchi: Hali tarix sahifalarini varaqlaganimizda qanchadan- qancha ajdodlarimizning hayot yo’llari ijodlari haqida oltin sahifalarni o’rganishimiz mumkin . Shunday emasmi? 1-boshlovchi Nimasini aytasiz biz shunday tarixi mukammal ajdodlarning avlodlari ekanimizdan faxrlanishimiz lozim.Keling shu o’rinda o’quvchilarimiz ishtiroki tayyorlanib kelingan sahna ko’rinishini tomosha qilsakda so’ng yana suhbatimizni davom ettitsak. (P. Qodirovning ,,Yulduzli tunlar” asridan olingan parcha namoyish etiladi) 2-boshlovchi; Mana hurmatli bilimdonlar bugun sizlar bilan qisqacha Boburning hayot yo’li haqida to’xtalib o’tdik. Keling endi yuqorida nomi zikr etilayotgan asar haqida asardagi voqealar xususida to’xtalib o’tsak. ( shundan so’ng bash- munozara boshlanadi) 1-boshlovchi: Mana oz bo’lsada biz Boburning hayoti va ijodi haqida oz bo’lsada ma’lumotga ega bo’ldik. Adib bu asari orqali o’quvchilarga o’lmas boy xazina taqdim etgan . har bir adib yoki shoir bo’lmasin tarixga nazar tashlamasi ,,Tarixni bilmasdan kelajakni o’rganish mushkul ish” ekanligini barcha adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi shunday emasmi? 2-boshlovchi; Biz shoir ijodini bir daryoga qiyosladik, haqiqatdan ham bu daryodan ko’pgina xalqlar bahramand bo’lishmoqda.keling tadbirimiz so’nggida bir g’azalxonlik qilsak. Navbatni ,,Nazm va navo”ga bersak. 1-boshlovchi: Bugun biz oz bo’lsada shoir bosib o’tgan haoyt yo’li haqida to’xtalib o’tdik. Har bir ishning yumushning oxiri bo’lganidek bugungi tadbirimiz ham o’z nihoyasiga yetdi. Har bir ishtirokchi bu tadbirdan ozgina ma’naviy ozuqa olgan bo’lsa, o’zimizni baxtiyor hisoblardik. 2-boshlovchi: Bu tadbirdan ,,biz kim edi-gu, kim bo’ldik va biz kimning ajdodlaridanmiz” degan savolga har bir ishtirokchi o’z javobini oldi deb umid qilamiz.Zamon va mustaqil diyorimiz sizni orangizdan o’z Navoiylarini , Boburlarini kutib turibdi. Barchamizni o’tganlarni ruhlari qo’llab tursin. Shuning bilan bugungi ,,Dilbar va dilkash shoir Zahiriddin Muhammad Bobur’’ mavzusidag tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun katta rahmat. Download 20.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling