Tadbir o’taziladigan zal va sahna bayramona bezatilgan
Bahrom:Bas. Axir, bu mening Diloromim-ku. 7-go‘zal
Download 43.42 Kb.
|
gazal mulkining sultoni.doc
Bahrom:Bas. Axir, bu mening Diloromim-ku.
7-go‘zal: (oq libosda) Menki tushmish buyon gulzor manga, Mulki Xorazm erur diyor manga. Bahrom:(Diloromga): Yo‘q-yo‘q bu mag‘rurlik menda ham bor. Sizni yo‘qotib qanchalik qiynalganimni bilsangiz edi. Hasratim ko‘pligidan dengiz-u daryolar to‘fon ko‘tardi. Falak bo‘ron boshladi. Jismim o‘zimda-yu, ko‘nglim, ruhim, o‘y-xayolim sizda malikam. Qani endi Xorazm eliga aytgan qo‘shiqlaringizdan men ham tinglasam. (Dilorom dutorda musiqa chalib, qo‘shiq aytib beradi). Bahrom:Endi sizning sharafingizga bazm uyushtiramiz. Parda ortidan: "Saddi Iskandariy” ("Iskandar devori”) doston 1485 yilda yozilgan bo‘lib, 89 bob, 7215 baytdan iborat. U "Xamsa” dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir. “Saddi Iskandariy” dan (Iskandarning onasiga maktubi parda ortidan o‘qiladi) "Bu xat mendin, joni azobda qolg‘an. Ajal qo‘lida pajmurda holiga kelgan Iskandardandur. Buzilgan tanamning joni, vujudim bebaho la’lisining koni bo‘lmish onamga so‘zim shuki, men Boshimga behuda andusha va orzular tushib, olamni boshdan-oyoq fath etishni o’zimga niyat qiib oldim. Nimani o’ylagan va xayol qigan bo’lsam, hammasi xom va hammasi havasga ichilgan may kabi befoyda ekan, aslida esimni tanigan, aql miyamga harorat bergan kunidan boshlab senga o’g’illik qilsam, ya’ni senga xuddi quldek xizmat qilsam bo’lar ekan: aslidasening ostonang tuprog’iga aylansam-u, uning otini men shohlik deb bilsam bo’lar ekan. seni ko‘pdan ko’p ayriliqlarga tashlab yurdim, sendan yiroq kelib, senni qiynadim. Mening bu baxt-iqbolimgafalak hasad bilan qaradi, ko’rolmaslik qildi. Endi o’lar chog’imda pushaymon bo’lib, o’zimni-o’zim o’ldirganimdan nima foyda? G’am bilan ezilgan bolangdan rozi bo’lmasang, bu darmonda bscharaning holiga voy, yuz qatla voy! Men sening amr-farmoningga bo’ysunmagan bo’lsam ham, lekin sen mening bu iltimosimni qabul et!” Qog’ozni taxlab, maktubni elchiga topshirgach, yana ko’nglida qolgan muddaolarini ham bayon ayladi: “Hech qayerda to’xtamay, kechasi-kunduzi demay yurib, onamga shu maktubni eltib bering. Ikkinchidan, hozir mening oftobim so’nib, quyoshim yuziga qora bulut yopilgach, boshim ustida ko’p yig’i sig’i, dod-voy qilib, jahonni motamzadalik bilan xarob aylamang. Mening tanimni tobut ichiga solib, k ibrat ko’zi bilan boqib, kecha-kunduz demay jahd-u jadal bian yurib, Iskandariya shahriga olib boring. Tiriklikda istiqomatgohim bo’lmish u joy o’lganimdan so’ng mozorimga aylansin. Lekin meni tobutga yotqizgan paytingizda , yoqut teshigidan ip chiqazib qo’yilgani kabi albattabir qo’limni tobutdan chiqazib qo’ying. Toki xaloyiq bu qo’lgahayrat ko’zi bilan emas, balki ibrat ko’zi bilan boqib: “bu panjalar saf tortib yer yuzini o’z qo’liga olgan edi; butun duyodagi mamlakatlarning hammasini, quruqlikda va suvda bo’lgan barcha la’l-u gavharlarni shu kaftiga kiritib olgan edi. Endi ajal qo’li bu dunyodan ko’chish nog’orasini qoqib bo’yniga abadiylik tomon jo’nash boshvog’ini solgach, mana endi bu qo’llar duynodan shol kishinig qo’lidan quruq, chinorning yaproqsiz btog’idan bo’m-bo’sh ketayotir”, - desinlar. Bu hol odamlar uchun bir ibrat maktabi bo’lib dunyoni egallash mashg’ulotidan qo’llarini tortsinlar”. Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling