Tadbir o’taziladigan zal va sahna bayramona bezatilgan
Download 43.42 Kb.
|
gazal mulkining sultoni.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- ("Shoh G‘oziy” hikoyati qo‘yiladi). Boshlovchi
- Shoh
Hudaychi:
Kirsinlar shoirlar shoiri, ustoz Navoiy! (Navoiy ta’zim qiladi, Boyqaro o’rnidan turib u tomon kelib quchoqlashib ko’rishadi.) Navoiy : Assalom, podshohim olampanohim! Umringiz ziyoda qilsin Olohim. Uzrimni aytaman ming bir taassuf, Bir zarur yumush-la kech qoldim afsus. Boyqaro: Bormisiz, azizim, do’stim darddoshim, Ko’nglimning quvonchi, mahram-sirdoshim. Yo bizdan arazlab ketdingizmi, siz Biror xatolikka yo’l qo’ydikmi biz? Hozir huzuringiz aylab ixtiyor, Yo’lga otlanmoqqa bo’lgandik tayyor. Navoiy; Sultonim , hoqonim, ey aziz do’stim, Kechiring gar sizni ranjtgan bo’lsam. Men sizga atabon bitgandim kitob, Shuni oxiriga yetkazib shitob, Qanotsiz, siz tomon yeldim, podshohim, Av feting gar bo’lsa zarra gunohim. Bu sizga bitganim-Beshta xazina, Ustoz nizomiydek bitdim men “Xamsa”. (Navoiy ta’zim bilan kitobni Boyqaroga taqdim etadi. Boyqaro kitobni olib bir-bir varaqlaydi) Boyqaro: “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy” Ofarin, tasanno, do’stim, Alisher! Siz menga bilsangiz , ustozim va pir, Oq otim keltiring, pirimo’tqizay, O’zim bul pirimga jilovdor bo’lay. (Atrofdagilar “ofarin-ofarin” deb turishadi. Birgalashib sahnadan chiqishadi, boshlovchi a Navoiy kirib kelishadi. ) 1-boshlovchi: "Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi 2-boshlovchi: "Xamsa” jami 51 ming misradan iborat besh dostondir. "Xamsa”ning birinchi dostoni "Hayrat ul-abror” bo‘lib, yaxshi kishilarning hayratlanishi demakdir. Asar 7976 misra 3988 bayt bo‘lib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. ("Shoh G‘oziy” hikoyati qo‘yiladi). Boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G‘oziy saylga chiqadilar. Yo‘lda ketayotganda yonidan bir telbanoma kampir uning etagidan mahkam tutdi. Nola-yu afg’on chekdi. Kampir: -Ey, shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish ko’riladigan bo’lsa, men sen bilan shariat bo’yicha da’volashaman. Shart shuki, jahling chiqmaydi, savolarimga shariat mahkamasida javob ber. Shoh: Agar jonimni talab qilsang ham, agar talabing shar’iy bo’lsa, aybimga jonim bilan iqrorman. Ikkisi qozi huzuriga bordi. Kampir: Shoh qazoqlik qilib ko’chib yurarkan, tig’ solib, (har yoqqa) askar tortardi. Men tulning birgina jigarim bor edi, u jigarim ekinzorining yagona boshlig’i edi. U bog’imda bitgan qomati raso sarv, yana to’g’rirog’i qurigan shoximning mevasi edi. Shoh qilichi bilan ko’ksimni yorib, jigar-poramni halok etdi. Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling