Tadbir o’taziladigan zal va sahna bayramona bezatilgan


Download 43.42 Kb.
bet4/10
Sana28.12.2022
Hajmi43.42 Kb.
#1016696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
gazal mulkining sultoni.doc

Hudaychi:
Kirsinlar shoirlar shoiri, ustoz Navoiy!
(Navoiy ta’zim qiladi, Boyqaro o’rnidan turib u tomon kelib quchoqlashib ko’rishadi.)
Navoiy :
Assalom, podshohim olampanohim!
Umringiz ziyoda qilsin Olohim.
Uzrimni aytaman ming bir taassuf,
Bir zarur yumush-la kech qoldim afsus.
Boyqaro:
Bormisiz, azizim, do’stim darddoshim,
Ko’nglimning quvonchi, mahram-sirdoshim.
Yo bizdan arazlab ketdingizmi, siz
Biror xatolikka yo’l qo’ydikmi biz?
Hozir huzuringiz aylab ixtiyor,
Yo’lga otlanmoqqa bo’lgandik tayyor.
Navoiy;
Sultonim , hoqonim, ey aziz do’stim,
Kechiring gar sizni ranjtgan bo’lsam.
Men sizga atabon bitgandim kitob,
Shuni oxiriga yetkazib shitob,
Qanotsiz, siz tomon yeldim, podshohim,
Av feting gar bo’lsa zarra gunohim.
Bu sizga bitganim-Beshta xazina,
Ustoz nizomiydek bitdim men “Xamsa”.
(Navoiy ta’zim bilan kitobni Boyqaroga taqdim etadi. Boyqaro kitobni olib bir-bir varaqlaydi)
Boyqaro: “Hayrat-ul abror”, “Farhod va Shirin”,
“Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”
Ofarin, tasanno, do’stim, Alisher!
Siz menga bilsangiz , ustozim va pir,
Oq otim keltiring, pirimo’tqizay,
O’zim bul pirimga jilovdor bo’lay.
(Atrofdagilar “ofarin-ofarin” deb turishadi. Birgalashib sahnadan chiqishadi, boshlovchi a Navoiy kirib kelishadi. )


1-boshlovchi: "Xamsa” Navoiy merosining buyuk sayqali, xalqimiz ma’naviy taraqqiyotining ko‘zgusi
2-boshlovchi: "Xamsa” jami 51 ming misradan iborat besh dostondir. "Xamsa”ning birinchi dostoni "Hayrat ul-abror” bo‘lib, yaxshi kishilarning hayratlanishi demakdir. Asar 7976 misra 3988 bayt bo‘lib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan.
("Shoh G‘oziy” hikoyati qo‘yiladi).
Boshlovchi: Kunlarning birida Shoh G‘oziy saylga chiqadilar. Yo‘lda ketayotganda yonidan bir telbanoma kampir uning etagidan mahkam tutdi. Nola-yu afg’on chekdi.
Kampir: -Ey, shariatpanoh shoh! Agar adolat bilan ish ko’riladigan bo’lsa, men sen bilan shariat bo’yicha da’volashaman. Shart shuki, jahling chiqmaydi, savolarimga shariat mahkamasida javob ber.
Shoh: Agar jonimni talab qilsang ham, agar talabing shar’iy bo’lsa, aybimga jonim bilan iqrorman.
Ikkisi qozi huzuriga bordi.
Kampir: Shoh qazoqlik qilib ko’chib yurarkan, tig’ solib, (har yoqqa) askar tortardi. Men tulning birgina jigarim bor edi, u jigarim ekinzorining yagona boshlig’i edi. U bog’imda bitgan qomati raso sarv, yana to’g’rirog’i qurigan shoximning mevasi edi. Shoh qilichi bilan ko’ksimni yorib, jigar-poramni halok etdi.

Download 43.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling