Tadbir o'tkaziladigan joy tadbirga mos meva sabzabot rasmlari bilan bezaladi
Download 84.75 Kb.
|
MEHRJON
MEHRJON (tadbir ssenariysi) 1-sinf Muallif: Tadbir o'tkaziladigan joy tadbirga mos meva sabzabot rasmlari bilan bezaladi O'qituvchi: Salom inson bolasi, Salom gullar nolasi. Salom bilan boshlanar, Bog'da bulbul nolasi. O'qituvchi: Assalomu alaykum tadbirimizning jajji qatnashchilari ota - onalar, aziz ustozlar . Mana o'lkamizda hozir oltin kuz fasli. Bu faslda albatta hosil bayrami MEHRJON nishonlanadi. Bu bayram nafaqat bizning yurtimizda balki, dunyoning ko'p mamlakatlarida nishonlanadi. Yil bo'yi yetishtirilgan meva, sabzavotlarning yig'im - terimidan keyin dehqonbobolarimiz, bog'bonlarimiz, fermerlarimiz ishtirokida turli tadbirlar o'tkaziladi. Bu MEHRJON-HOSIL BAYRAMI deyiladi. Qanday bayram deydilar ekan o'quvchilarim? O'quvchilar: MEHRJON - HOSIL BAYRAMI O'qituvchi :Barakalla! Bugun men sizlarga o'z bog'imdan mevalar, sabzavotlar olib keldim. Ha o'quvchilarim ha. mening meva sabzavotlarim oddiy emas ular sehrli ular o'zlari haqida sizlarga so'zlab berishadi marhamat tinglang: Tarvuz: (Otabek) Tarvuzdek shirin ne'mat Topilmaydi dunyoda Dum - dumaloq shaklim bor Juda silliq ozoda Qovun: (Rayhona) Tanaga quvvat berar Tilimim tilni yorar Ya'ni qovunni albat "Qand" bo'lsa yegin faqat. Bemaza yesang andak So'ng "voy-voy" deysan tentak Sholg‘om: (Farzod) Men haqida ertaklar Yaxshilikka yetaklar Sholg‘om bobo deb meni Tabobatda siylashar Pomidor: (Shaxina) Men bilan taomlar Chiroyli rangga kirar Palov to‘ra yonidan Menga albat joy yetar Baqlajon: (Murodjon) Kaminani nomlari Mulla baqla, baqlajon Oshpazlar salat qilsa Yeb to‘ymaysiz hech qachon Qovoq: (Farzona) Meni deydilar kadi, Lekin asli qovoqman. Somsa, mantim yesangiz, Biling, sizga o'rtoqman. Piyoz: (Umid) Yerga chuqur, botsam men, Bikinvolibb, yotsam men. Izlab topdi oshpazlar, Meni chopdi oshpazlar. Yig'lamadim - polvonman, Lekin juda hayronman : Oshpazlarning o'zlari, Nega yoshlar ko'zlarin? Bodring: (Mavzuna) Bodring diring-diring, Polizga kirib ko'ring. Polizga kirgan zahoti, Palagim bosmay yuring! Sabzi: (Akbarshoh) – Yer ostidir makonim, Quyoshni ko‘rmas yuzim. Lekin shifobaxshlikda, Qolishmasman, chin so‘zim. Rangim qizil yo sariq, Shaklim uzun va oriq. Dehqonning zahmatidan Bo‘larman elga tortiq. Makkajo'xori: (Obida) Men hammadan yuqori, Ismim makkajo'xori. Mittigina go'dakcha, Uhlar ko'mko'k yo'rgakda. Sog'lom ulg'ay jon go'dak, Malla soching jingalak! Birgalikda: Ona quyosh taftidan, O'sib bahra olamiz. Elimiz dasturxonin, To'la-to'kis qilamiz. Raqs. (Xorazmcha) 1.R.Dilnura. 2.Mohinur. 3.Obida 4.IDilnura 5.Farzona. 6.Kumush 7.Mumtozbegim 8.Rayhona Qani qani endi mevalarim ham o'zi haqida so'zlab bersinchi : Anor: (Ilyos) – Garchi bo‘yim pastgina, Po‘stim ham yarashiqli. Mevam qizil donacha, Anor shaklim o‘zgacha O'rik: (Mumtozbegim) Qantak o'rik, otim bor, Xo'p mazzali, totim bor. Mag'zimga berkitgan, Qantim bor, novvotim bor! Nok: (Ergash) – Shaklim misli nosqovoq, G‘irchillayman yegan chog‘. Yesang deysan ko‘p rahmat, Nokman, kelgin marhamat. Shaftoli: ( Aziza) – Mayin tukli, momiqqina, Yesang yumshoq, suvlikkina. O‘rik menga qarindosh, Shaftoliman hali yosh. Uzum: (Jafar) – Gar o‘rmalab o‘ssam ham Mevalarim ko‘p g‘ujum. Charos, toyfi, husayni, Deydilar meni uzum. Behi: (Sevara) – Malla tukli momiq po‘st, Artsang chiqar qattiq po‘st. Deyishar meni behi, Juda mazzali behi. Olma: (Farrux) – Men daraxtda pishaman, Pishsam to‘p-to‘p tushaman. Shaklim yum-yumaloq, Rangim qizil, sariq oq. Bog‘bon bobom mevasi, Hammaning arzandasi. Daraxtdir mening uyim, Sog‘liq tilashdir o‘yim. Anjir: (Dilnura) O'qituvchi: Bugun barcha meva va sabzavotlar so'ylagani uchun Gerbimizdagi paxta va bug'doy chambari ham so'ylamoqchi ekan,qani tinglaylikchi ular nimalar deyishar ekan: Paxta: (Zinnura) Paxta desa anglanar, Bobodexqon zaxmati. Oltin bilan tenglanar, Paxtamizning qimmati. Аstoydil yeng shimarib, Oʼz burchlarin oqlashar. «Oq oltin» deb erkalab, Paxtani ardoqlashar. Bobodexqon paxtadan, Ulkan xirmon yaratdi. Paxtamizning dovrugʼin, Olam uzra taratdi! Bug'doy: (Halima) Oltin tojli sultonman, Somsa, patir shirmonman, Azizdirman odamga Arzandaman olamga Yel kuylasa o'ynayman, Xirmon sari bo'ylayman... Oy chiqqanda qo'noqqa, O'xshaymanku o'roqqa. Men bo'lmasam nonvoylar Yopolmas shirmoy nonlar Qarang hatto gerbda ham Savlat to'kib turaman. GERB: (IBROHIM) Paxta, bug'doy chambari, To'kinlik to'qlik ramzi. Quyosh, yulduz, suv, tog'lar, Yashnayotgan yurt ramzi! Raqs: (omon yor) 1.Aziza 2.Zinnura 3.Shaxina 4.Durdona 5.Sevara O'qituvchi: Qadaming gul erur, nigohing bo‘ston. Ta’rifing shoirlar tilida doston. Bundayin sharafga yetishmoq uchun, Ustoz bo‘lib tug‘ilmoq emasdir oson. O'qituvchi: Shu fursatdan foydalanib bugun biz o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani zimmalariga olib, bel bog‘lagan ustozlarimizni, murabbiylarimizni yaqinlashib kelayotgan 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Navbatni ustoz haqida she'rlarga beramiz marhamat: USТOZIMGA (Fayzbek) Sof ezgulik tilagi, U ham bizga onadir. Ilm-u hikmat qasrida, Ilk ustoz yagonadir. (Kumush) Тunlar sizga hamnafas, Qog'oz, kitob uyulgan. Qo'lingizda siyohdon, Dil mehringiz quyilgan. (Abdulaziz) Baholar a'lo, yaxshi, Ayamaysiz maqtovni. Charchamaysiz, hormaysiz, Sabringiz baland tog'mi?! (Mohinur) Yillar o'tib ulg'ayib, Bergan so'zim oqlayman. Yuz yoshda ham shu holda, Тurishingiz xohlayman. O'qituvchi: Barakalla bolajonlar! O'qituvchi: endi bolajonlar, qanchalik topqir ekanligizni bilish uchun navbatni topishmoqlarga beramiz sinfdoshlaringiz sizga topishmoq aytadi siz esa topishmoqni javobini topishigiz kerak qani boshladik: (Durdona) 1. Kichkina dekcha Ichi to'la mixcha (anor) (Muhammad) 2. Yer tagida oltin qoziq U hammaga bo'lar oziq (sabzi) (R.Dilnura) 3.Bir qop Un Ichida ustun (jiyda) (Shamshod) 4. Dum dumaloq bo'yi bor Yetti qavat to'ni bor (piyoz) QO'SHIQ "O'zbekiston" O'QITUVCHI: Barakalla meni aqlli bilimdon o'quvchilarim mana bugungi Mehrjon bayramimiz ham o'z nihoyasiga yetdi. Keyingi hosil bayramigacha sog' salomat bo'laylik. Yurtimiz tinch hosilimiz bundanda mo'l bo'lsin! Download 84.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling