Tadbir ssenariysi Jahongir


Download 23.59 Kb.
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1725588
  1   2   3   4
Bog'liq
tadbir ssenariysi 100%


Tadbir ssenariysi
Jahongir:
Har jabhada dong taratgan dunyoda
Humosi ham mag`rur uchar samoda
Betakrordir, benazirdir jamolda
Bu mening vatanim o`zbekistonim
Yulduzoy:
Hech bir guli behudaga so`nmagan
Kimki boqsa bu zaminga to`ymagan
Bag`ri kengni yerga tashlab qo`ymagan
Bu mening vatanim o`zbekistonim
Jahongir:
Har yerlari gulshanlarga burkangan
Cho`p qadasang nihollarga aylangan
O`g`lonlari mardlik uchun yaralgan
Bu mening vatanim o`zbekistonim
Yulduzoy:_Kabutarlar_erkin_uchar_samoda_Ishlaridan_butun_dunyo_hayronda_Gullab_borar_baxtiyorlik_har_onda_Bu_mening_vatanim_o`zbekistonim_Jahongir'>Yulduzoy:
Kabutarlar erkin uchar samoda
Ishlaridan butun dunyo hayronda
Gullab borar baxtiyorlik har onda Bu mening vatanim o`zbekistonim Jahongir:
Assalomu alekum hurmatli ustozlar, tomoshabinlar va tadbirimiz qatnashchilari va
Chirchiq sharhrida joylashgan mehribonlik uyining aziz tarbiyalanuvchilari.
Yulduzoy:
Bizning “Fidoying bo’lgaymiz sening O’zbekiston” shiori ostida o’tkazilayotgan tadbirimizda sizlarni ko`rib turganimizdan benihoya mamnunmiz.
Jahongir:
Jannatmakon, mustaqil yurtimiz mustaqillikdan so`ng har jabhada ildamlik bilan rivojlanib bormoqda.
Yulduzoy:
Shu bilan birga yosh avlodga ya’ni yoshlarga keng-ko`lamli imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.

Jahongir:
Jumladan, muhtaram prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 5 tashabbus loyihasi va joylarda sport musobaqalarini o’tkazish kabi bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Yulduzoy:
Ushbu tashabbuslar yoshlarni ma’naviy va jismoniy yuksaklikka yetkazuvchi qadamlardan biri bo‘lib, biz yoshlarni mustaqil Vatanimizning nurli kelajagi sari odimlashimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi.
Jahongir:
Tadbirimizni ochib berish uchun so`zni, O`zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya va Sport Universiteti, Sportni boshqarish va turizm fakulteti,
Yulduzoy:
Sport tadbirlarini tashkil etsih kafedrasi mudirasi va falsafa fanlar doktori Nodira Xudoyberiyevaga beramiz.

Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling