Tadbir ssenariysi
Download 277 Kb.
|
8 mart Xotin qizlar kuni
Muqaddas ayol
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar kirib kelishadi. Boshlovchilar:
Ayamagan vaqtini Bizga bergan pandini Ham asal ham qandini Onajonlar assalom. Assalomu alaykum bayramimizning aziz mehmonlari. Bugungi Onajonlar bayramiga bag’ishlangan bayram ertaligimizga xush kelibsiz. Birgalikda: Barchangizni kirib kelayotgan 8-mart Onajonlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Ha, men o’ylab topdim Jonim bilan aytaman. Hammangiz keling yaqin Men sizlarga aytaman. Aziz onajonlar qabul eting tabrigimiz, barcha qo’shiq kuyimiz sizga atalgan. «Onajonlar ashulasi»
Boshlovchilar:
Marhamat yana navbatni she’rga beramiz.
Onajonim mehribonim Bayramingiz muborak Onajonim nur jahonim Bayramingiz muborak. O’g’il bolalar qizlar ijrosida raqs tomosha qilamiz. «Assalom raqsi» Boshlovchi: Yana navbatni she’rga beramiz.
Onajonim katta bo’lsam Ishingizni olaman Dam oling deb tagingizga Ko’rpachalar solaman Shul sababli Onajonim Bo’ling sog’-u salomat Onalar bor bolalar sog’ Shudir baxt-u saodat. Boshlovchi: Marhamat endi navbat sahna ko’rinishiga. Dilbar: Dilshod, Dildora nima qilyapsizlar? Bolalar: Assalomu alaykum Dilbar opa. Biz onajonimizga sovg’a tayyorlayapmiz. Hali ishdan kelsalar tabriklaymiz. Dilbar: Uylar yig’ishtirilmagan, hammayoq yoyilib yotibdiku. Onajonimizni bunday ahvolda xursand qilib bo’lmaydi. Bolalar nima qilish kerak? Dilbar: Dilshod sen o’yinchoqlarni yig’ishtir. Dildora sen supurgini olib kel. Men uy va pollarni supurib beraman. Sizlar uyning va pollarning changini arting. Hamma yoqni tozalab so’ngra oyimizga sovg’a tayyorlab, qanday tabriklashni o’ylab ko’ramiz. Bolalar: Xo’p boladi Dilbar opa. Dilshod: Yo’q-yo’q bu ishlar sizlarning ishlaringiz. Men o’zim oyimga boshqa sovg’a tayyorlayman - deb yugurib chiqib ketadi. Qizlar o’zlari yig’ishtirmasang yig’ishtirma deb hamma joyni yig’ishtirib qo’yadi. Onasi kirib keladi. -Assalomu alaykum oyijon. Yaxshi keldingizmi? Dildora: Oyijon bayramga-chi sizga she’r yod oldim. Oyisi: Qani eshitaylik-chi? Onajonim mehribonim Bayramingiz muborak Onajonim nur jahonim Bayramingiz muborak. Oyisi: Rahmat Dildora qizim juda xursand bo’ldim. Shu payt eshikdan Dilshod kirib keladi va raqsga tushib ketadi. Onasi raqs tugagach Voy bu kim bo’ldi? Qizlarim tanimayapman. Dilshod oyisiga o’zini tanishtiradi. Oyisi xursand bo’lib: - Meni juda xursand qildinglar. Hammasi uchun rahmat. Lekin hammasidan ham uylarni saranjomlab, ahil-inoq o’tirganinglarni ko’rib yanada xursand bo’ldim. Dildora: -Oyjon buni bizga Dilbar opam o’rgatdilar. Dilshod: Ha Dilbar opam ko’p ish qildilar. Bizlar ham ozgina qarashdik. Oyisi: Rahmat Dilbar qizim. Doimo shunday bo’linglar, - deydiyu sovg’alarini bolalariga tarqatadi. Yana navbat she’rga.
Ana endi marhamat ashula tinglaymiz. «Ona qo’llari» ashulasi Boshlovchilar: Keling endi navbatni «Keling bir kulishaylik»sahnasiga beramiz. 1-bola: -Botirjon, gulmisiz, rayhonmisiz, jambulmisiz? 2-bola: -Akajon aytganingizman. 1-bola: -Ertalab hovliqib bayramga 1-bo’lib kelibsiz, bilganlar Botirjon deydi. 2-bola: -Bilmaganlar-chi? 1-bola: -Bilmaganlar bahorning birinchi guli boychechak ekan deydi. 2-bola: -Menku mayli, aka, bayramga birinchi kelib, boychechakdek ajralib turibman. Sizning og’zingizni ochib kelishingizni ko’rib karnaygulmi debman. 3-bola: -Men ham ertalab kelib qoqio’t ochilibdi deb yuribman, keyin bilsam Botirjon bilan sizlar ekansiz. 4-bola: -O’rtoq, to’g’ri aytasiz. Men ham sizlarni ko’rgan edim. O’shanda nima uchundir gulga emas chaqirtikanakka o’xshatib yuribman. 5-bola: -Chaqirtikanakka o’xshagan bo’lsak bordir, lekin men ham sizga qarab bu gulbeor bu yerda nima qilib yuribdi deb o’yladim. 1-bola: -Mayli o’rtoqlar Navro’z bayrami davrasida hammamizning shu turishimiz gultojixo’rozga o’xshaydi. 2-bola: -Og’ayni, siz bizni gultujixo’rozga o’xshatdingiz, men boshqa narsaga o’xshatib turgan edim. 3-bola: Nimaga ekan, og’ayni? 2-bola: -Bizning bu turishimiz turli gullardan tuzilgan guldastaga o’xshaydi. 4-bola: -Hammasi mayli, bizni ko’rib bog’bon gulqaychi ko’tarib kelib qaychilab qo’ymasinda deb turibman. 5-bola: -Akalar, gulqahqah bo’llib bir oz kulishdik. Keling gulzorga kirib o’z o’rnimizni topib olaylik, bo’lmasa, bizni sassiq alaf nima qilib yuribdi deb yulib tashlashmasin. ( kulishadi, bolalar joyiga borib o’tirishadi.)
Boshlovchilar: Ana endi Andijonlik yigitlar ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Boshlovchilar: Bugungi bayramimizga mehmonlarimiz tashrif buyurishgan. Kutib oling. O’zbekiston madonnasi Yulduz Usmonova va Ruslan Sharipovlar. Boshlovchilarning xayrlashuv so’zlari. Zal bayramona bezatilgan. Bahor nasmlari yurt bo’ylab kezmoqda. “8-MART” munosabati bilan “Alla aytar buvingiz” ko’rik tanloviga guruh bolalarining buvajonlari davra to’rida o’tiribdi. /”Cho’li iroq “ musiqasi yangrab turadi./ Download 277 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling