Tadbir ssenariysi
Download 277 Kb.
|
8 mart Xotin qizlar kuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-boshlovchi
14-o’quvchi:
Onam menga shirin so’z, xushmuomala bo’lishni o’rgatganlar. Men onamni juda yaxshi ko’raman. 15-o’quvchi: Onam menga erta turishga , uy yumushlariga qarashishga , mexnatsevarlikka o’rgatgan. 16-o’quvchi: Ona bilan bola-gul bilan lola deb bejizga aytishmagan. 1-boshlovchi Siz borsiz saodat bog’i bexazon Siz borsiz g’amsizman yorqin xayotim Siz borsiz shoshqindir Ilxom bulog’im 2-boshlovchi Siz borsiz porloqdir iqbol chirog’im Sobitsiz , sodiqsiz mangu yasharsiz Siz bilan to’lg’indir ravzoyi bayot Siz bilan gulgundir bu buyuk xayot Ashula va raqslar ijro etiladi. Tadbir yakunlanadi. Onajonim bayrami Bolalar bayramona kiyingan musiqa sadosi ostida zalga kirib keladi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar va bolajonlar. Sizlarni bugungu bayram bilan tabriklayman. Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bayram ertaligi tayyorlashgan marhamat tomosha qiling.
Ashula: «Onajonlar bayrami»
Raqs: «O’g’il bolalar» Zalga Sichqoncha yig’lab kirib keladi, oldidan Qurbaqa sakrab-sakrab kirib keladi. Qurbaqa: Senga nima bo’ldi sichqoncha? Sichqoncha: Oyimni yo’qotib qo’ydim. Qurbaqa: Yur mening oyimni oldiga. Sichqoncha: Yo’q o’zimni oyim yaxshilar. Qurbaqa: Yur bo’lmasa oyingni qidiramiz. Musiqa ostida Sichqoncha va Qurbaqa yo’lga tushadilar. Oldilaridan quyoncha chiqadi. Quyoncha: Sizlar qayerga ketyapsizlar? Sichqoncha: Oyimni yo’qotib qo’ydim. Quyoncha: Voy, yur mening uyimga, oyim senga sabzi beradilar. Sichqoncha: Yo’q o’zimni oyim yaxshilar. Quyoncha: Yur bo’lmasa oyingni qidiramiz. Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa va Quyoncha yo’lga tushadilar. Oldilaridan Ayiqpolvon chiqadi. Ayiqpolvon: Qayerga ketyapsizlar? Sichqoncha: Oyimni yo’qotib qo’ydim. Ayiqpolvon: Oyingni? Voy, yomon bo’libdiku. Yur mening oyimni oldiga boramiz. Sichqoncha: Yo’q o’zimni oyim yaxshilar. Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa, Quyoncha, Ayiqpolvon yo’lga tushadilar. Oldilaridan Mushuk chiqadi. Mushuk: Hammangiz nima uchun shovqin qilib yuribsizlar, meni shirin uyqumdan uyg’otdingiz. Sichqoncha: Men oyimni yo’qotib qo’ydim. Mushuk: Oyingni yo’qotgan bo’lsang juda soz, mening juda qornim och. Ayiqpolvon: Biz hammamiz do’stmiz, senga Sichqonchani berib qo’ymaymiz. Uni oyisini topishga yordam beramiz. Mushuk: Kelinglar, ko’p tortishmanglar. Uni onasi balki mening qornimdadir! Uni yesam oyisini oldiga boradi, tamom. Qurbaqa: Yo’q, biz birga kurashamiz, bizni sen aldolmaysan. Shu payt shovqindan Sichqonchaning onasi yugurib keladi. Sichqoncha onasi: Bu yerda nima bo’lyapti? Sichqoncha: Mana mening oyim, hammadan ham chiroyli, hammadan mehrli. Sichqoncha onasi: Sizlarning hammangizga rahmat. Musiqa ostida joylariga o’tirib oladilar. Boshlovchi: Hammaning onasi chiroyli va mehrlidi. Sichqoncha o’z onasini topdi. Bayram davom etadi. Raqs: «Tomchi»
Ashula «Uxlab turdim» Harakatli o’yin.
Raqs: «O’ynasam»
Boshlovchi: Mana shuning bilan bayram o’z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman. E’tiboringiz uchun rahmat. Download 277 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling