Tadbir ssenariysi


Download 277 Kb.
bet26/32
Sana05.04.2023
Hajmi277 Kb.
#1273327
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
8 mart Xotin qizlar kuni

14-o’quvchi:
Onam menga shirin so’z, xushmuomala bo’lishni o’rgatganlar. Men onamni juda yaxshi ko’raman.
15-o’quvchi:
Onam menga erta turishga , uy yumushlariga qarashishga , mexnatsevarlikka o’rgatgan.
16-o’quvchi:
Ona bilan bola-gul bilan lola deb bejizga aytishmagan.
1-boshlovchi
Siz borsiz saodat bog’i bexazon
Siz borsiz g’amsizman yorqin xayotim
Siz borsiz shoshqindir
Ilxom bulog’im
2-boshlovchi
Siz borsiz porloqdir iqbol chirog’im
Sobitsiz , sodiqsiz mangu yasharsiz
Siz bilan to’lg’indir ravzoyi bayot
Siz bilan gulgundir bu buyuk xayot
Ashula va raqslar ijro etiladi.
Tadbir yakunlanadi.
Onajonim bayrami
Bolalar bayramona kiyingan musiqa sadosi ostida zalga kirib keladi.



O’zbek eliga odat
Avvalo bermoq salom.
Shuning uchun biz sizga
Deymiz salom, assalom.

Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi
Sizlarga bolajonlar.

Boshlovchi: Assalomu alaykum aziz mehmonlar va bolajonlar. Sizlarni bugungu bayram bilan tabriklayman. Shu munosabat bilan bizning guruhimiz bayram ertaligi tayyorlashgan marhamat tomosha qiling.





Onajonim mehribonim
Gul tutay qo’llaringizga
Xursand bo’lib yuring doim
Nur bo’lsin dilingizda.

Bahor kelsa shoxlarda
Bulbullar nay chaladi.
Ona soz olsa qo’liga
Ajib kuy taraladi.

Ashula: «Onajonlar bayrami»





Esar bahol shamoli
Tiniq bo’lsin deb quyosh
Tinmas ona qo’llari
Tinch bo’lsin deb keng jahon.

Zumrad bahor quyoshi
Yashnatar chechaklarni
Aziz ona qo’llari
Ulg’aytirar go’daklarni.

Raqs: «O’g’il bolalar»


Zalga Sichqoncha yig’lab kirib keladi, oldidan Qurbaqa sakrab-sakrab kirib keladi.


Qurbaqa: Senga nima bo’ldi sichqoncha?


Sichqoncha: Oyimni yo’qotib qo’ydim.


Qurbaqa: Yur mening oyimni oldiga.


Sichqoncha: Yo’q o’zimni oyim yaxshilar.


Qurbaqa: Yur bo’lmasa oyingni qidiramiz.


Musiqa ostida Sichqoncha va Qurbaqa yo’lga tushadilar. Oldilaridan quyoncha chiqadi.


Quyoncha: Sizlar qayerga ketyapsizlar?


Sichqoncha: Oyimni yo’qotib qo’ydim.


Quyoncha: Voy, yur mening uyimga, oyim senga sabzi beradilar.


Sichqoncha: Yo’q o’zimni oyim yaxshilar.


Quyoncha: Yur bo’lmasa oyingni qidiramiz.


Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa va Quyoncha yo’lga tushadilar. Oldilaridan Ayiqpolvon chiqadi.


Ayiqpolvon: Qayerga ketyapsizlar?


Sichqoncha: Oyimni yo’qotib qo’ydim.


Ayiqpolvon: Oyingni? Voy, yomon bo’libdiku. Yur mening oyimni oldiga boramiz.


Sichqoncha: Yo’q o’zimni oyim yaxshilar.


Musiqa ostida Sichqoncha, Qurbaqa, Quyoncha, Ayiqpolvon yo’lga tushadilar. Oldilaridan Mushuk chiqadi.

Mushuk: Hammangiz nima uchun shovqin qilib yuribsizlar, meni shirin uyqumdan uyg’otdingiz.


Sichqoncha: Men oyimni yo’qotib qo’ydim.


Mushuk: Oyingni yo’qotgan bo’lsang juda soz, mening juda qornim och.


Ayiqpolvon: Biz hammamiz do’stmiz, senga Sichqonchani berib qo’ymaymiz. Uni oyisini topishga yordam beramiz.


Mushuk: Kelinglar, ko’p tortishmanglar. Uni onasi balki mening qornimdadir! Uni yesam oyisini oldiga boradi, tamom.


Qurbaqa: Yo’q, biz birga kurashamiz, bizni sen aldolmaysan.


Shu payt shovqindan Sichqonchaning onasi yugurib keladi.


Sichqoncha onasi: Bu yerda nima bo’lyapti?


Sichqoncha: Mana mening oyim, hammadan ham chiroyli, hammadan mehrli.


Sichqoncha onasi: Sizlarning hammangizga rahmat.


Musiqa ostida joylariga o’tirib oladilar.


Boshlovchi: Hammaning onasi chiroyli va mehrlidi. Sichqoncha o’z onasini topdi. Bayram davom etadi.


Raqs: «Tomchi»



Qo’shiq aytsam shodligidan
Bag’riga bosib
Har-xil kiyim
Do’ppi tikar menga munosib.

Uyqum kelsa alla aytib
Turar boshimda
Kasal bo’lsam birga
Yurar qoshimda.

Ashula «Uxlab turdim»


Harakatli o’yin.



8-mart bugun
Onajonlar bayrami
Yo’llariga poyandoz
Dasta gullar boylami.



Onajonlar sizlarni
Bayram bilan qutlaymiz
Dasta-dasta gul tutib
Qo’lingizga tutamiz.



Raqs: «O’ynasam»



Sizlar borsiz dunyoda
Go’zal ko’rkam bu olam.
Tabriklaymiz chin dildan.
Onajonlar sizlarni.



Bahor-bahor, bahorjon
O’gil-qizmiz qaqajon.
Tabiatni uyg’otib
Kelishi xo’p yoqarjon.



Boshlovchi: Mana shuning bilan bayram o’z nihoyasiga yetdi. Hammangizni yana bir bor bayram bilan tabriklayman. E’tiboringiz uchun rahmat.





Download 277 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling