Tadbir Z. M. Boburning "Yaxshilig‘" g‘azalini kuylash bilan boshlanadi


Download 64.5 Kb.
Sana30.03.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1310531
Bog'liq
Z.Bobur. tadbir


Tadbir Z.M.Boburning “Yaxshilig‘” g‘azalini kuylash bilan boshlanadi.

1-boshlovchi: Ey aziz davradosh assalom sizga


Muborak bo‘lsin bu anjuman sizga
Hammasi yangidir, hattoorzular
Siz toza yuraksiz sadqa jon sizga.
2-boshlovchi: Hurmatim ne so‘zla aytay nasli luqmon assalom
Xatga yo oftob bitaymu ey qadrdon assalom
Xushnavo qushlargamu yo sabog‘a aytayin
Dilda madhim kuylabon bo‘ldim go‘zalxon assalom.
1-boshlovchi: Assalomu alayko‘m, aziz mehmonlar, mo‘tabar ustozlar .
2-bishlovchi : Bugun maktabimizda katta anjuman , katta tantana.
1-boshlovchi: Bugun buyuk shoir, ataoqli davlat arbobi sarkarda, donishmand tarixchi va zakovatli olim, tarjimon Zahiriddin Muhammad
Boburning 531- yillik to‘yini nishonlamoqdamiz.
2-boshlovchi: Vatan qayerdan boshlanadi; Vatan sog‘inchi nima; Vatanga sadoqat qanday ifodalanadi, Vatan tuprog‘ining qadri nechog‘lik bebaho kabi savollarga javobni albatta Boburdan topamiz.
1-boshlovchi: Boburni o‘qigan , Boburni bilgan kishi hamisha sabr – qanoatni olloh berganiga shukr qilib yashashni , faqat yaxshilikka intilibyashashni o‘rganadi. Shu payt kuy yangrab sahnaga Bobur chiqadi va
Charxning men ko‘rmagan jabru jafosi qoldimu
Xasta ko‘ng lum chekmagan dardu balosi qoldimu
deb sahnaning chetiga chiqib turadi .
1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483- yilning 14- fevralida Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ildi. 1-o‘quvchi Andijon she’ri
Bog‘i shamol bo‘ylarida kezib yurdim,
Bobolarim pok ruhini sezib yurdim .
Tuprog‘ini kaftga olib ko‘zga surdim
Shoh pahlavon Bobur yurti Andijonim,
Bu makonni Xizr bobo qo‘llab yurar,
Xirminiga pok nafasin yo‘llab yurar .
Tushida ham dalasini o‘ylab yurar
Osmon qadar imkon yurti Andijonim.
2-boshlovchi: uning otasi Umarshayx Mirzo temuriylardan bo‘lib , farg‘na viloyatida hokimlik qilar edi.
1-boshlovchi: 1494-yilda Umarshayx Mirzo Axsi qo‘rg‘onida kabutarxonalari bilan birga jarga qulab vafot etadi.
2-boshlovchi: 12 - yoshli taxt vorisi bo‘lgan Bobur taxtni egallaydi.
1-o‘quvchi: Davlatga yetib mehnat elin unutma,
Bu besh kun uchun o‘zingni asru tutma.
1-boshlovchi: Farg‘onada hokimyatni qo‘lga olgan Bobur o‘z hukumronligi doirasini kengaytirishga, Moarounahrda yirik bir davlat vujudga keltirishga intiladi.
2-boshlovchi: Uning diqqatini hammadan avval katta bobosi Amir Temurning poytaxti samarqaand o‘ziga jalb qiladi .
1-boshlovchi: 15 - yoshli Bobur 1498-yilda Samarqandni egallab oladi. Biroq Samarqandni ichki vaziyati Bobur kutganicha bo‘lib chiqmadi.
2-o‘quvchi: Bir kecha xotirim mushavvash erdi
Ko‘zda suv, ko‘nglin ichra otash erdi.
Dahrishidin fig‘on qilur erdim ,
Xotirimni yomon qilur erdim .
Davlat o‘trusiga meni solding ,
G‘aflat uyqusiga meni solding .
Ota taxtida forig‘ o‘lturdim,
Bod otam ko‘rmaganni men ko‘rdim .
Olti oy ichra olti taxt oldim
Yetti iqlima balki ko‘z soldim
Dedim: emdi murodima yettim,
Yana mahrumi xonimon qilding
Yana ovorayi jahon qilding .
1-boshlovchi: Boburning Movarounahrda yirik davlat vujudga keltirmiqchi bo‘lgan orzu-havaslari barbod bo‘ladi.

Sahna ko‘rinishi. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan


Esondavlat begim (Boburning buvisi):
-Amirzodam Shayboniyxon sulh taklif qilib odam yubormish ! Xonning nomasi deb Boburning buvisi Boburga qo‘lidagini beradi .
Bobur onasiga qarab :
Nomani kim kel tirdi ? Sizga keltirib berdimi ?
-Yo‘q amirzodam,-dedi onasi . Shunda buvisi Boburga qarab :
-Aslida bu noma Xonzoda begimning nomlariga keltirmish. Amirzodam sizga aytishga ham uyalurmen . ShayboniyxonXonzoda begimning ta’riflarini eshitib g‘oyibona dard chekarmish , nomasida bir pora she’r ham bor , dedi. Bobur nomani ochib o‘qidi . Shunda ko‘zi she’riy satrga tushdi.
Sifatingni eshitib zor o‘ldum,
Ishqning ilkiga giriftor o‘ldum.
Deb o‘qidi va nomani uloqtirib tashladi .
- Bu xon bultur Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhra begimga g‘oyibina oshiq bo‘lib noma yuborganini nechun unutdilaringiz? Nahotki ishonib bo‘lsa? dedi Bobur . Qutlug‘ Nigor xonim uh tortibdi .
Esondavlat begim:

  • Amirzodam ,boshqa vaqt bo‘lsa dushmaningizning bu nomasini o‘qishga ham hazar qilur erdik. Lekin hozir jonimiz qil ustida . Men-ku yoshimni yashab , oshimni oshaganmen, 5 kun oldinmu keyinmu bari bir keturmen .Lekin Siz farzandimning yolg‘iz o‘g‘li, ko‘zimning oqu qorasi.

Bobur:

  • Men ham taqdirimda borini ko‘rurmen. Nasib qilsa yov xalqasini yorib chiqurmiz. Onasi Boburga qarab:

  • Taqdir deb o‘zingizni o‘tga tashlamang ,amirzodam!Bizni ham o‘ylang !Siz yov tig‘iga o‘zingizni ursangiz biz ne qilurmiz?Umr yo‘ldoshingiz Oysha begim ne qilur? Undan so‘ng buvisi nomani ko‘rsatib:

  • Buning kelganiga 2 kun bo‘ldi.Meni bilursiz ,amirzodam .Ko‘p balolarni ko‘rib pishgan tadbirkor kampirmen.Noma keltirgan darveshni gapga soldim .Shubhalarimizni aytdim .Darvesh qasam ichdi .Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan halolu pokiza bir mo‘ysafed bor edi. O‘shani darvesh bilan birga xon o‘rdasiga chiqardik .Xon barcha sultonlarning oldida qo‘liga Qur’on olib aytibdur:”Shuncha qon to‘kilgani yetar,endi Xonzodabegim rozi bo‘lsunlar,inilariga,onalariga,boshqa odamlarga tegmaymiz,qal’adan bexavotir chiqib ketsunlar”,-debdi

  • Gulday Xonzoda begim nevaralik xonning haramida. Yo‘q-yo‘q!Bu insozsizlik,-dedi Bobur . Shunda Qosimbek gapga aralashib:

  • Amirzodam,shu ketishda Shayboniyxon Samarqandni egallab olur.O‘shanda zo‘rlik bilan bo‘lsa ham o‘z niyatiga yetur.

bur onasiga qarab:

  • Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku. Shunday jigarbandimizni qaysi vijdon bilan o‘tga solurmiz.Boburni bu gapidan onasi yig‘lay boshladi va:

  • Xudo mening boshimga bu qora kunlarni solguncha jonimni olsa bo‘lmasmidi?Xonzoda begim mening to‘ng‘ichim!Yolg‘izligimni bildirmay yurgan sirdoshim,mehribonim!Men undan qandoq ayrilgaymen,ey parvardigor?!Men shunday qizimni yog‘iy panjasiga qanday topshirurmen?!-dedi. Uni yupatish uchun buvisi:

  • O‘zingizni bosing bolam ,sizdan ko‘ra qizingiz aqlliroq.Xonzoda begimni hamma narsalarga fahmi yetdi .Yig‘lab –siqtab oxiri ko‘ndi.

  • Nahotki shu gap rost?Xonzoda begim rozi bo‘ldilarmi?-deb Qosim-

bekka yuzlandi Bobur .
- Ha, amirzodam!- dedi Qosimbek.
- Ishonmaymen,- deb Bobur kaftini kaftiga urib,- Xonzoda begimni chorlang,- dedi va onasi , buvisiga yuzlanib,- Meni ma’zur tutingiz, begim bilan yakkama- yakka so‘zlashmoqchimen,-dedi.Shundan so‘ng ular chiqib Xonzoda begim kirib keladi.Bobur opasiga qarab:
- Begim ,siz Shayboniyxonning taklifiga rizolik bildirgan emishsiz. Shu rostmi?
_ Rizo bo‘lmay ne ilojim bor,_dedi Xonzodabegim.
_ Mening mag‘lubiyatim sizni ilojsiz qoldirgani rost. Lekin iningiz hali tirik. Men asir tushmoqchi emasmen Ajal yetmagan bo‘lsa,sizlarni olib chiqurmen.Kunim bitgan bo‘lsa ,ilkimda qilich bilan jon berurmen.Menga bunday malomatdan o‘lim afzal.
_ Boburjon, siz meni deb bevaqt o‘limni bo‘yningizga olmang.Men sizning istiqbolingizga ishonamen.Sizdek nodir iste’dodlar dunyoga kam kelishini boshqalar bilmasa ham men bilurmen.O‘zingizni ehtiyot qiling!
_ Nechun bunday deysiz?Hammamiz ham bu o‘tkinchi dunyoda mehmonmiz!Siz bilan men bir onaning farzandlarimiz .
_ Lekin men qiz tug‘ilganmen ,farqimiz shunda.Yoshim 25ga kirdi-yu,hamon yolg‘izmen .Men ko‘ngil qo‘ygan odamni taqdir menga ravo ko‘rmadi!
_ Nahotki siz nevaralik cholni o‘zingizga munosib ko‘rsangiz ?
_ Munosibimni topishdan umidim uzilgan!Endi keksami ,yoshmi menga baribir.
_ Bir vaqtlar O‘shda siz menga nelar degan edingiz ?”Ko‘nglingizga ishoning “demagan edingizmi?Nahotki sizning ko‘nglingiz shu berahm xonga moyil bo‘lsa ?Bultur bu odam Zuhra begimga qanchalik noinsoflik qilganini bir eslang.
_ Ne qilay ?! Boshqa najot yo‘q!
_ Bir onadan tug‘ilganmiz ,endi taqdirimizda neki bo‘lsa birga ko‘rurmiz!Bizdan ajralmang!Tunda yov halqasiga hamla qilurmiz!Tayyor turing!
_ Qachon?
_ Su bugun kechasi!
_ Bugun emas!Yo‘q-yo‘q!
_ Begim, mening inilarcha aytgan so‘zim inobatga olinmasa, buni podshohlik farmoni deb biling!

Shu tunda Bobur barcha ayollarni qochirib ,dushmanni yorib o‘tmoqchi edi .Ammo Xonzoda begim yurti uhun, inisi uchun o‘zini Shayboniyxonga topshiradi.


3-o‘quvchi:”Topmadim “g‘azali


Jonimdin o‘zga yor-u vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim .
Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim ,
Ko‘nglim kibi ko‘ngilni giriftor ko‘rmadim.

1-boshlovchi: Shayboniyxonga asir tushgan Bobur Mo‘g‘ilistonning shimoli – sharqiy tomoniga qochadi .


2-boshlovchi : Orzulariga yetishishga ko‘zi yetmay 1504-yilda Afg‘onistonga yuradi .
4-o‘quvchi:
Ko‘ngli tilag‘an murodg‘a yetsa kishi ,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi .
Bu ikkisi muyassar o‘lmasa olamda ,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi .

1-boshlovchi: Bobur urushsiz va talovsiz kobulni egalaydi.


5-o‘quvchi:


Toqatim toldi oqibat , taxtni yov oldi oqibat.
O‘z yurtim qoldi oqibat , Afg‘on ketdim daryo kechib.
Oma kelar-ketar ekan , jon do‘sting ham sotar ekan .
Orting dan tosh otar ekan , hayron ketdin daryo kehib .
Ikki ko‘zim elimdadir , cho‘g‘dek so‘zim tilimdadir.
Dilim yonib , dilimda bir, armon , ketdim daryo kechib .
Yurtdan ayro adog‘ ko‘nglim , g‘uboriga mushtoq ko‘ngim
Yig‘lab bu kun bu shoh ko‘nglim, vayron, ketdim daryo kechib
Bog‘ishamol sayr endi, qilg‘ay chiqib g‘ayr endi.
Boburing yo‘q xayr endi , Andijon ketdim daryo kechib.

2-boshlovchi:U Kobulning yerlik aholisiga ziyon zahmat yetkazmasdi .


6-o‘quvchi: Beqaydmenu xarobi sim ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Qobulda iqomat qildi Bobur dersiz,
Andoq demanglarki, muqim ermasmen.
1-boshlovchi:Bobur o‘zga yurtlarda o‘zini bir tomondan katta davlatning
Hukmdori, 2-tomondan, yoru-diyoridan judo bo‘lgan bir g‘arib musofir kishi deb his qiladi.
2-boshlovchi:Davlat va saltanat,boylik va hashamat Bobur qalbidagi Vatan ishtiyoqini yengolmaydi ,uni qayg‘u va hasrat chulg‘ab oladi.Ushu davlat vasaltanatni o‘z diyorida barpo etolmaganiga afsus –nadomat chekadi.
8-o‘quvchi:Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi,
Shod etmas emish ko‘ngilni mehnatda kishi.
Ko‘nglum bu g‘ariblikda shod o‘lmadi oh,
G‘urbatda sevunmas emish ,albatta kishi.
1-boshlovchi: Bobur o‘z davlatini janub tomonga kengaytirish, Hindistonni egallab olish harakatini boshladi.
2-boshlovchi: 1527-yilning 16-martida butun Hindiston Bobur qo‘liga o‘tadi.
9-o‘quvchi:Tushlarida ne joylarni ko‘rmas odam
Bobur qabrin kezarmishman kecha oqshom.
Tig‘dan yomon agar alam o‘tsa jondan,
Uni ro‘yo quvgan asli Andijondan .
Shohlarga ham oson emas ,shohlarga ham.
Mulki jannat bo‘lsa hamki Bog‘i Eram,
Besh panjasi bir kaftiga bo‘lmasa jam
O‘z yurtida qaydan qursin Tojmahallar,
Shohlarga ham oson emas, shohlarga ham.
She’rim o‘qib dersiz balki senmiding kam,Bo
Yozganlarim xushomadmas ,xudo hakam
Bo‘lar eli bir-birini demasa ga
Bir mayizni qirqqa bo‘lib yemasa gar
Shohlarga ham oson emas ,shohlarga ham.

Yurt tuprog‘in siz-ku tavof etmassiz ham,


U kimningdir dilidagi yorug‘ olam. r,
Sizga misol kerak bo‘lsa ,ana- Bobur,
U dunyoda eng buyuk shoh va musofir,
Shohlarga ham oson emas, shohlarga ham!

12-o‘quvchi:M. Yusufning “Andijon”she’ri


Andijon ,ko‘nglimda ko‘kargan dalam,
Yo‘lingga termulib tolgan chorbog‘lar,
Meni sog‘inadi sog‘inmasa ham
Bog‘I Boburdagi momoqaymoqlar.
O‘zing ulg‘aytirgan niholingga boq-
Na bo‘ying yetar, na qo‘ling yetadi.
Bolangdan shoh chiqsa –o‘zga yurtda shoh,
Shoir chiqsa bari daydib ketadi.
Gohi koyimaysan gapga kirmasa
Gohi boshin silab yo‘lga solmaysan.
Taqdirdan noliysan xudo bermasa,
Xudo berganini asray olmaysan.
Bevafo dunyoning ishlarin ko‘rsang-
Sen qurgan saroyga hind mehmon tanlar.
Balki ahil bo‘lsang,sal kengroq bo‘lsang,
Bag‘ringda bo‘lardi Tojimahallar.
Uzr,sal og‘risang ,yelkamga bosh qo‘y,
Shod kuning ko‘nglingni men bilan chog‘la.
Boburga ilinsang ,menga qovun so‘y,
Cho‘lponni sog‘insang meni quchoqla.

Shundan so‘ng Humoyunning betobligida Bobur o‘z jonini fido qilmoqchi bo‘lgani haqidagi sahna namoyish etiladi


1-boshlovchi:Z.M.Bobur 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etadi .Keyin uning xoki vasiyatiga ko‘ra Qobulga ko‘chiriladi.


2-boshlovchi: Ha azizlar, 2xil umr bo‘lar ekan .Birinchisi-tirigida o‘lik umr ,ikkinchisi o‘lganda ham tirik umr .Bobur hayoti ,umri 2-umrga xosdir.
1-boshlovchi:U o‘zining buyuk “Boburnoma”si bilan,
2- 20 yoshda kashf etgan “Xatti Boburiy”si bilan
1- “Chorgoh “maqomiga bitgan savtlari bilan,
2- Soliq ishlarini tartibga soluvchi “Mubayyin al-zakot”i bilan,
1- Aruz vazni haqida tuzgan “Muxtasar “qo‘llanmasi bilan,
2- Xoja Ahrorning “Volidiya”asri ustida qilgan tarjimasi bilan,
1- Jozibali va go‘zal lirik asarlari bilan, bir so‘z bilan aytganda, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishga qo‘shgan ulkan hissasi bilan dillarimizda mangu yashaydi.
2- boshlovchi:Biz bugun bir ovozdan ajdodlarimiz orzu qilgan farzand bo‘lishga,
2-boshlovchi: Vatani uchun jonidan kechib ,yonib yashaydigan vatanparvar bo‘lishga
Hamma:qasamyod qilamiz, qasamyod qilamiz, qasamyod qilamiz.
Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling