Inson ongi va mafkurasini buzish, uni chalg‘itishga qaratilgan ta’sir vositalari g‘arazli maqsadlarda amalga oshirishga urinishlar bo‘lib turgani bor gap.
Shulardan eng xatarlisi, mafkuraviy-g‘oyaviy hujumlardir. Yurtimizda yoshlar orasida terrorizm, ekstremizm va radikalizmning oldini olish va ularning ma’naviyatini yuksaltirishga doir bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat" deb nomlangan davra suxbati DTPI faollar zalida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institutimiz rektori olib borar ekan, talabalarimiz har qanday yot g‘oyalarga o‘z bilimlari bilan javob berishlarini ta’kidladi.
Zero, ma’rifat-jaholat kushandasi ekanligi xech kimga sir emas. Seminarda institutimiz professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Imom Termiziy” nomidagi Islom ta’lim muassasasi direktori Sh. Umarov ma’ruza qilishdi.
Ma’ruzachilar mavzu doirasida bugungi kunda olib borilayotgan amaliy ishlar borasida o‘z fikrlarini bildirib o`tishdi.
Shuningdek, talabalarning ham mulohazalari tinglandi. davra suxbati ochiq muloqot, bahs-munozara tarzida bo‘lib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |