Tadbirkorlik bu Microsoft Excel dasturida bajariladigan ishlar ko’lami haqida tushuncha
I. Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi. II
Download 23.83 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro
I. Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi.
II. Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga o‘tkaziladi. III. Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi. Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun alohida qat'iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan. YaTT lar uchun qanday imtiyozlar berilgan? Mutaxassisning xabar berishicha, YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi. Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullansa (ya'ni bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan. YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya'ni chakana savdo bilan shug‘ullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin. Mutaxassisning ta'kidlashicha, 2021 yildan boshlab kiritilgan o‘zgarishlarga asosan yakka tartibdagi tadbirkordan soliq agenti sifatida yollangan xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (daromadning 12 foizi miqdorida) undiriladi. Ma'lumot uchun, hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. 2011 yil 6 yanvar kunidagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan. Avvalroq, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish maqsadida davlat organlari tomonidan tadbirkorlarni nazorat qilishning aniq 4 xil shakllari belgilab berilishi,bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat funksiyalari ro‘yxati shakllantirilishi ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha yagona Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilishi va kodeksda tadbirkorlikka oid litsenziyalash, ruxsatnoma berish, yer ajratishga doir masalalar ham aniq tartibda belgilanishi haqida ma'lumot berilgandi. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling