Tadbirkorlik bu Microsoft Excel dasturida bajariladigan ishlar ko’lami haqida tushuncha
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA HISOBGA QO‘YISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Download 23.83 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH VA HISOBGA QO‘YISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida ularning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida bevosita muloqot qilmaydigan shakllaridan foydalanishni jadal rag‘batlantirish maqsadida: 1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Ushbu chora-tadbirlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o‘rinlarda — Tizim) bosqichma-bosqich ishlab chiqish va joriy etish, 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) integratsiyalashgan Internet tarmog‘idagi Tizim orqali kechayu-kunduz o‘tkazish va hisobga qo‘yish ta’minlansin. Mazkur qarorning talablari banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlariga tatbiq etilmaydi, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 2. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining yangi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 3. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi (A.N. Aripov): chora-tadbirlar Kompleksida nazarda tutilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha vazirlik, idora, kompaniya, uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlasin; chora-tadbirlar Kompleksida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishini har chorakda o‘z yig‘ilishlarida muhokama qilib borsin. 4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga Tizimning to‘laqonli va o‘z vaqtida texnik faoliyat yuritishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash; ro‘yxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari zimmasiga — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarini buzganligi, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishdan noqonuniy bosh tortishi yoki bo‘yin tovlashi uchun shaxsiy javobgarlik; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning tartib va muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat yuklatilsin. 5. Belgilansinki, davlat organlarining mansabdor shaxslari Tizimning faoliyat yuritishida nuqson va nosozliklarni aniqlagan vaqtdan boshlab uch ish soatida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini bu haqda xabardor etadilar; O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tizimning faoliyat yuritishida nuqson va nosozliklar haqida olingan ma’lumotlarni tahlil qiladi hamda zarur hollarda Tizimga tuzatishlar kiritadi; Tizim faoliyatidagi nuqson va nosozliklar, ular aniqlangan paytdan boshlab uch ish kunida bartaraf etilishi kerak. 6. Tijorat banklari, O‘zbekiston banklari uyushmasi, elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlarga elektron to‘lovlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan elektron to‘lov tizimlari, Yagona portalda foydalanuvchining shaxsiy kabineti va “tadbirkorlik subyekti kabineti” bilan Internet tizimi orqali bank hisob raqamlarini boshqarish tizimini integratsiyalashuvini amalga oshirish tavsiya etilsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron to‘lovlar xizmatini ko‘rsatadigan tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochilgan bank hisob raqamlaridan Internet tarmog‘i orqali hisob-kitoblar xizmatini ko‘rsatish mexanizmini belgilangan tartibda amalga oshirishda yordam ko‘rsatsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 27-iyundagi PP-1989-sonli qarori: 3-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; 4-ilovaning: 9-bandi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin; 10-bandi “masalalari bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “yoshlar siyosati, madaniyat” so‘zlari bilan davom ettirilsin, keyingi o‘rinlar matn bo‘yicha davom etib ketsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar ikki oy muddatda ushbu qarorga o‘zining normativ-huquqiy hujjatlarini muvofiqlashtirsin. 9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2016-yil 28-oktabr, PQ-2646-son Download 23.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling