Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja


Ishlab chiqarish faoliyati natijasi


Download 362.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana26.10.2023
Hajmi362.3 Kb.
#1723472
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror bir ishni bajarish, haridorga, 
iste’molchiga xizmat ko‘rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish 
faoliyatining natijasidir. 
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo‘linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan 
xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. YAlpi foydadan soliqlar to‘lanadi. 
YAlpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to‘lovlar to‘langandan keyin qolgan
pul sof foyda hisoblanadi. 
Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko‘rsatkichi belgilaydi. U sof 
foydani jami xarajatlarga bo‘lgan nisbati shaklida aniqlanadi. 
Venchur biznesi. Gap innovatsion tadbirkorlik haqida ketganda, venchur Biznesi 
haqida tasavvur hosil qilish katta ahamiyatga egadir. 
Venchur Biznesi keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal Biznesi turiga kiradi. 
Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog‘liq. Venchur Biznesi 
yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish 
bilan bog‘langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. YA’ni ma’lum 
tavakkalchilik mavjud. YAngi va eng 
yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan 
shug‘ullanuvchi ilmiytexnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi 
kafolatlanmagan bo‘lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog‘liq. 
SHuni ta’kidlash 
kerakki, kichik 
korxonalar innovatsion 
tadbirkorlikni 
rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Venchur Biznesi o‘zining egiluvchanligi bilan 
innovatsion ishbilarmonlikning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir. 
Venchur Biznesi tavakkalni o‘zaro bo‘lish tamoyiliga asoslanadi. Bu esa mablag‘i 
bo‘lmagan g‘oya mualliflariga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga imkon tug‘diradi. 


Venchur Biznesi dastlab AQSHda yuzaga kelib, keyinchalik keng rivojlanib ketdi. Har 
bir kichik innovatsion Biznesning moddiy va moliyaviy imkoniyati ilmiytexnika bazasi jihatdan 
cheklangan bo‘lib, davlat ko‘magiga muhtojdir. AQSHda kichik innovatsion Biznes- ga davlat 
tomonidan yordam ko‘rsatish dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan kichik Biznes- bevosita 
federal byudjetidan moliyalashtiriladi, vazirlik va muassasalar doimiy ravishda ular bilan 
shartnoma tuzadilar. AQSHda venchur Biznesida tuzilgan kompaniyalarning aksiyalari imtiyozli 
narxlarda innovatsion firmalarga sotilib, ulardan olgan mablag‘larni o‘z g‘oyalarini joriy etish 
uchun ishlatadilar. 
O‘zbekistonda ham venchur Biznesi rivojlanishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan. 
Birinchi navbatda, bu qimmatbaho qog‘ozlar bozori mavjudligidir. 
Keyinchalik, 
intellektual mulk bozoriga chet el firmalari kirib keldi. Ular mamlakatdagi innovatsion 
loyihalarga investitsiyalar olib kelmoqda. O‘zbekiston ishbilarmonlari ham o‘z navbatida 
venchur Biznesiga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. 
Bularning 
barchasi 
venchur 
Biznesi 
bizning 
mamlakatda 
endi 
rivojlanayotganligidan dalolat berib, kelajakda innovatsion Biznes- rivojlanib ketishiga 
turtki bo‘ladi. 

Download 362.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling