Tadbirkorlik faoliyati turlari 2-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari Reja


-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari


Download 362.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana16.06.2023
Hajmi362.3 Kb.
#1516363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-chizma. Tadbirkorlik faoliyati turlari 
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan 
mustaqil bo‘lib, bir-birini to‘ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini 
belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. 
Innovatsion, ilmiytexnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat 
ko‘rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga 
kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik 
faoliyatining qaysi turi bilan shug‘ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday 
xizmat ko‘rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. SHu ish amalga oshgandan keyin 
tadbirkor marketing bilan shug‘ullanadi. Tovarga bo‘lgan talabni bilish maqsadida u 
tovarning potensial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo‘lajak xaridorlar 
o‘rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi 
tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. SHu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat 
og‘zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. SHakllangan barqaror bozor 
sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og‘zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo‘lib, kerak 
bo‘lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning 
mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og‘zaki bitimlarning 
kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir. 
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarini sotib olish yoki 
ijaraga olishdir. 
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish 
fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o‘z navbatida asosiy va 
aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. 


Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, 
quvvatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o‘lchov uskunalari, laboratoriya 
jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa 
asbobuskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari 
kiradi. 
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko‘priklar, neft quduqlari, ko‘mir koni qatlamlari va 
shunga o‘xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quvvatli 
kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli xildagi uzatkich quvurlari, neft va gaz uzatkich quvurlari 
kiradi. Quvvatli mashinalarga turli xildagi dvigatellar, turbinalar, bug‘ qozonlari va boshqalar kiradi. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim elementi bo‘lib ishchi mashinalar va uskunalar 
hisoblanadi. Ularga yordamchi sexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari 
kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina 
va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, 
temir yo‘l, havo yo‘llari va boshqa transportlarning barcha turlari kiradi. 
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xom ashyo, asosiy va 
yordamchi materiallar, yonilg‘i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va 
qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun kerak 
bo‘lgan ehtiyot va butlash qismlari tashkil qiladi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim 
tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o‘zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, 
kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil qiladi. 
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neft, ko‘mir, gaz va boshqalar), 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xom ashyoni tashkil qiladi. 
Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o‘tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga 
mo‘ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo‘lajak tayyor mahsulot (temir, 
yog‘och, mato)ning asosini tashkil qiladi, yordamchi materiallar (bo‘yoq, tugma va 
boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash moylari) ishlab chiqarish 
jarayoniga yordamlashadi. Asbobuskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma 
fondlarga kiritiladi. Asbobuskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo‘lsa, u aylanma 
fondlarga taalluqlidir. YArim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o‘zida tayyorlangan 
turlariga bo‘linadi. YArim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo‘lmagan bo‘lib, uni 
boshqa sex firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab 
chiqarish tugallanmagan mahsulot bo‘lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o‘z ishchi 
joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo‘linmasiga 
berilmay, shu sexning o‘zida qiyomiga etkaziladi. 
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to‘xtalmoq lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni 
tayyorlashdagi xarajatlar bo‘lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga 
kiritiladi. 
Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanishbilishlar 
orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy 
xususiyatlari hisobga olinadi. 
Undan keyin tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan 
mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to‘playdi. 

Download 362.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling