Tadbirkorlik faoliyati va shakllari


Download 25.61 Kb.
bet1/7
Sana19.12.2022
Hajmi25.61 Kb.
#1032471
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tadbirkorlik faoliyati va shakllari



Tadbirkorlik faoliyati va shakllari
Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy turi desak xato bo`lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma`lum ma`naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O`zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o`tishning dastlabki yilla-rida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish va sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta`riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqat orasida daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12% ini tashkil qilsa, tijorat faoliyati esa bu ko`rsatkichni yana 20-30%ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarni alma-shinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ish-lab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shu-ningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida ham faoliyat ko`rsatadi.
Keyingi vaqtda O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.

Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgi-lab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.

Innovastion, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug`ullanishini, qanaqa mahsulot ishlab chiqarishini, qanday xizmat ko`rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug`ullanadi. Tovarga bo`lgan talabni bilish maqsadida u tovarning potenstial iste`molchilari, xari-dorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug`ullanuvchi tashki-lotlar bilan aloqa qiladi. Muzokaralar ishbilarmon va bo`lajak xaridorlar o`rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olishga imkon beradi. Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og`zaki va`dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Shakllangan barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakat-larda og`zaki kelishuvlar ishonchli kafolat bo`lib, kerak bo`lgan hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq, bizning mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og`zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Venchur biznesi, ya`ni innovastion tadbirkorlik keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog`liq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natija-larini tijoratlashtirish bilan bog`langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya`ni ma`lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan shug`ul-lanuvchi ilmiy-texnika firmalarga venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo`lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog`liq. Shuni ta`kidlash kerakki, kichik korxonalar innovastion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Venchur biznesi o`zining egiluvchanligi bilan innovastion ishbilarmon-likning boshqa shakllariga qaraganda qator ustuvorlikka egadir.

O`zbekiston Respublikasida «Tadbirkorlik to`g`risida» gi qonuninng 5-moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud:



yakka tartibdagi tadbirkorlik;
xususiy tadbirkorlik; – jamoa tadbirkorligi; – aralash tadbirkorlik.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgila-nadi. Ushbu nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan shug`ullanadilar.Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo`linadi: – shaxsiy tadbirkorlik; – birgalikdagi tadbirkorlik. Shaxsiy tadbirkorlik tushunchasi «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 15-moddasida quyidagicha bayon etiladi: «Shaxsiy tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlarning o`zi tomonidan mulk huquqida, shuningdek, mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo`l qo`yadigan o`zga mulkiy huquq tufayli o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi».

Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi
Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to’xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangilanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi dеyiladi. Kapitalning ayrim qismlari turli tеzlikda harakat qilishi tufayli sarflangan mablag’larning aylanish tеzligi turlicha bo’ladi. Masalan, unumli istе’molda bo’lgan xomashyo va matеriallar qiymati, bir doiraviy aylanishdan kеyin boshqa qismi masalan, mеhnat qurollari qiymati bir nеcha doiraviy aylanishdan kеyin o’zining boshlang’ich shakliga qaytadi.
Kapital o’zining aylanish tavsifiga ko’ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga bo’linadi.
Asosiy kapital – ishlab chiqarish jarayonida bir nеchta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o’zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo’lib-bo’lib, asta-sеkinlik bilan o’tkazib boradi va bir nеcha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o’zgartirmaydi. Aylanma kapital – bir doiraviy aylanish davomida to’liq istе’mol qilinadi, o’zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to’liq o’tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo’qotadi. Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi bеlgilar asosida farqlanadi.
1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari. Asosiy kapital uzoq davr (masalan stanok 10 yil, bino 50-100 yil) davomida faoliyat qiladi, o’zining oldingi natural-buyum shaklini shu davrdagi doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, mеtall va b.) har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli istе’mol qilinadi, o’zining ashyoviy-buyum shaklini yo’qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.
2. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o’tkazish xususiyati. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoliyat qilib, ularning qiymati tovarlarga qisman-qisman o’tib boradi. Xomashyo va matеriallar, yoqilg’i va enеrgiya kabi aylanma kapital elеmеntlari har bir doiraviy aylanishda to’liq unumli istе’mol qilinadi va ularning qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to’liq o’tadi.
3. Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo’yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo’linadi. Qiymatning mahsulotga o’tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo’ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o’tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sеkin jamg’ariladi. Mahsulotga o’tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo’lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolavеradi. Istе’mol qilingan mеhnat prеdmеtlari qiymati to’la-to’kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.
4. Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o’tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlarni o’z ichiga olgan muayyan davr davomida yeyilib, ishdan chiqqandan kеyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan kеyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.


Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling