Tadbirkorlik faoliyati va shakllari
Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari
Download 25.61 Kb.
|
Tadbirkorlik faoliyati va shakllari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar yerga bo‘lgan turli mulkchilikning shakllanishi, yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lganidan garovga qo‘yilishi, yer uchun pul shaklida rentaning turli ko‘rinishlarda undirilishi hamda uning agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi kabi shart-sharoitlar bozor iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o‘ziga xos mazmun-mohiyatga ega ekanligini bildiradi. Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – yer, oʻsimlik, chorva mollari bilan bogʻliq boʻladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogʻlanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan toʻgʻri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy oʻzgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida oʻsimlik “oziqlanishi” mumkin boʻlgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Download 25.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling