Tadbirkorlik faoliyati va shakllari


Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari


Download 25.61 Kb.
bet7/7
Sana19.12.2022
Hajmi25.61 Kb.
#1032471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tadbirkorlik faoliyati va shakllari

Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari
Malumki, iqtisodiyotning boshqa sohalar kabi qishloq xo’jaligi bilin bog’liq ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida muayyan iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi va yer bilan bo’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. “Iqtisodiyot nazryasi” fani yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar agrar munosabatlar deb o’rganiladi. Insonning iqtisodiy faoliyati dastlabki davrdanoq, bevosita yerni ishlashdan boshlanganligi bois agrar munosabatlar ham iqtisodiy munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining iqtisodiyotning barcha jabhalariga qanchalik darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishidan qat’i nazar, agrar munosabatlar bu tizimda o‘zining muhim o‘rniga va salmoqli salohiyatiga ega bo‘lib qolmoqda. Agrar munosabatlarning obyekti va subyektlari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agrar munosabatlarning obyekti yer, subyektlari esa yer egalari, yerda xo‘jalik yurituvchilar yoki yerda iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchilar hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar yerga bo‘lgan turli mulkchilikning shakllanishi, yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lganidan garovga qo‘yilishi, yer uchun pul shaklida rentaning turli ko‘rinishlarda undirilishi hamda uning agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi kabi shart-sharoitlar bozor iqtisodiyotida agrar munosabatlarning o‘ziga xos mazmun-mohiyatga ega ekanligini bildiradi. Qishloq xoʻjaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – yer, oʻsimlik, chorva mollari bilan bogʻliq boʻladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bogʻlanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan foydalanish jarayonida u yeyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan toʻgʻri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.

Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy boʻlishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy oʻzgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida oʻsimlik “oziqlanishi” mumkin boʻlgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling