Тадбиркорлик фаолиятини давлат йўли билан қўллаб-қувватлаш ва тадбиркорлик фаолияти субъектларининг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш


Download 54 Kb.
Sana04.10.2023
Hajmi54 Kb.
#1692053
Bog'liq
1350273079 14547


Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qilish
Reja:

1. Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash


2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqdarini himoya qilish

Tadbirkorlik faoliyatini davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash


Tadbirkorlik qaysi shaklda olib borilishidan qatiy nazar, u davlat tomonidan qo`llab-quvvatlanadi. Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatining qo`llab-quvvatlanishi turli shakllarda va usullarda olib boriladi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyati eng avvalo davlat boshqaruv organlari tomonidan ularning vakolati doirasida amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`grisida»gi qonunining 41-moddasida davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash sohasida faoliyati ko`rsatib o`gilgan. Bu moddada belgilanishicha, davlat boshqaruv idoralari o`z vakolatlari doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
- tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringai, mavjud muammolarni o`rganishni hamda tadbirkorlikni huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaragalgan normativ hujjatlarni takomillashtirishni;
- tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlaydi;
- tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnika va axborot resurslaridan erkin foydalanishda ko`maklashadi;
- tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug`urta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
- tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayga tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda ko`maklashadi;
- tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat boshqaruv idoralari tomonidan qo`llab-quvvatlashda eng avvalo tadbirkorlarga moliyaviy jihatdan ko`maklashish bilan birga chet el investitsiyalarini jalb etishda yordam ko`rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlash usullaridan biri chet eldan zamonaviy ixcham texnikalarni va uskunalarni respublikamizga keltirib, ulardan unumli foydalanishni tashkil etishdan iborat.

Tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqgisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot. ir bilan ta`minlash, zooveterinariya xizmati ko`rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, shuningdek soliqlar, yig`imlar va tariflar bo`yicha imtiyozlar belgilash orqali, qonunga muvofiq boshqa shakllarda tadbirkorlik faoliyati ragbatlangirilmoqsa.


Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragbatlantirilishi O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi qonunining 43-modsasiga ko`ra, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini yuzaga chiqarish yo`li bilan amalga oshiriladi.


Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini yuzaga chiqarishga tadbirkorlikning me`yoriy-huquqiy asosini takomillashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish iqgisodiy rag`batlantirish choralari, shuningdek huquqiy, axborot, konsalting, lizkng va boshqa xizmatlarni riyujlangarish nazarda tutiladi.


Tadbirkorlikni rag`batlantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida rol o`ynaydi! Chunki tadbirkorlik mahalliy joylarda qancha rivojlansa, o`sha joyning aholisi shuncha moddiy manfaatdor bo`ladi. Shu sababli mahalliy davlat hokimiyati idoralari o`z hududida tadbirkorlikni rivojlantirish va ragbatlangirish sohasida alohida vakolatlarga ega bo`ladi. Jumladan, mahalliy davlat hokimiyati idoralari tadbirkorlikni rag`batlantirish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini yaratadi va uni yuzaga chiqaradi, tadbirkorlar faoliyatini himoya qilishning qo`shimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi.


Mahalliy davlat hokimiyati idoralari tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun maxalliy sshiklar va yig`imlar bo`yicha imgayozlar belgilaydi, bu borada boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


2-§. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqdarini himoya qilish


Tadbirkorlik faoliyati subyekglarining huquklari qonuvda belgilangan tartibda tegishli idoralar tomonidan himoya qilinadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`zlarining ijtimoiy jamiyatda egallagan mavqelariga, mulkiy ahvollariga, xizmat ko`rsatish turi va boshqa holatlarga qaramay teng huquqqa ega bo`ladilar. Ularning teng huqukli ekanligi davlat tomonidan kafolatlangan. Davlat har bir tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moddiy-texnika bilan ta`minlanishlari, shuningdek ishlab chiqarish vositalaridan foydalanib o`z faoliyatini olib borishlarida ularning biridan ikkinchisiga ustun huquq belgilamaydi. Moliyaviy faoliyat olib borishda, meqnatni tashkil etishda, yollanma mehnatdan foydalanshida yoki yakka tartibdagi faoliyatni amalga oshirishda, axborotdan foydalanishda, shuningdek tabiiy va boshqa resurslardan foydalanishda davlat ularga teng imkoniyat yaratib beradi. Tadbirkorlarning tijorat siri x^soblanuvchi axborotning himoya qilinishi kafolyaglanadi.


Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqzshrinn kamsitishga yo`l qo`yilmaydi.


Tadbirkorlik faoliyati subyekglari o`z mulkining mulqsori bo`lib X1geoblanadi. O`zlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqiga ega. Shu sababli tadbirkor o`z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo`lmagan har qanday harakatni qilishga haqli.


Tadbirkorlgk faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlashning muxim jihatlaridan biri ular mol-mulkining muxrfaza etilishidir.


Ma`lumki, tadbirkorlik mulqsorning o`z mol-mulki xisobiga tashkil etilishidan tashqari o`zga shaxslarning mol-mulkidan foydalanish asosida xam tadbirkorlik faoliyati yurshishi mumkin. Ana shunday mulkdor bo`lmagan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari buzilishidan qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.


Tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan moL-MuLkni olib qo`yishga, shuningdek, ular vakolatini cheklashga faqat qonunlarda nazarda tutilgan hollarda yo`l qo`yiladi.


Tadbirkorlarning muhim boyliklaridan biri ularning intellektual faoliyati natijalaridir. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining, kafolatlari to`g`risida»gi qonunning 33-moddasida belgilanganidek, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining obyekgiv ifodalangan intellekgual faoliyat natijalariga va uning o`ziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko`rsatish belgisi va hokazolarga) bo`lgan muglaq huquqi qonun bilan qo`riklanadi va davlat tomonidan himoya qilinadi.


Intellekgual faoliyat natijalariga ega bo`lgan tadbirkorlar shu mulqsan o`zlari to`liqfoydalana oladilar.


Mutlaq huquq obyektlari bo`lgan initellektual faoliyat natijalari va o`ziga xos vositalardan uchinchi shaxslar r!u huquq egasining roziligi bilangana foydalanishlari mumkin.


Tadbirkorlar intellektual faoliyat natijalari bilan birga tijorat siriga ham ega bo`lishlari mumkin. Tijorat siri bo`lgan \ali oshkor etilmagan axborot ham qonun bilan himoya qilinadi. «Tijorat siri bo`ltan, uchinchi shaxslarga ma`lum bo`lmagan axborog (oshkor etilmagan axborot), agar u uchinchi shaxslarga ma`lum emasligi va axborotning egasi


uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko`rayotganligi tufayli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo`lsa, u himoya qilinadi.


Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarish (uni davlat ro`yxatidan o`gkazish, guvohnoma olish va hokazo)dan qatiy nazar vujudga keladi.


Oshkor etilmagan axborotni ximoya qilish qoidalari qonuyga muvofiq tijorat siri bo`la olmaydigan ma`lumotlarga (davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak bo`lgan yuridik shaxslar to`g`risidagi, mol-mulkka bo`lgan huquqtar va mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma`lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqsim etiladigaN ma`lumotlarga va boshqalarga) nisbatan tadbiq etilmaydi.


Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs bu axborotga haqli ega bo`lib turgan shaxsga axborotdan noqonuniy foydalanganlik natijasida yetkazilgan zararni qoplashga majbur.


Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma`lumotlarni mustaqil tarzda va haqpi ravishda olgan shaxs bu ma`lumotlardan, tegashli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatiy nazar, foydalanishga haqpi va bunday foydalanish uchun uning oldida javob bermaydi (Qonunning 37-modsasi).


TadbirKorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlaridan biri ular ishchanlik obro`sining himoya qilinishidir. Tadbirkorlik faoliyatining subyekti ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi ma`lumotlarga, agar ular haqiqatga to`g`ry kelmaydigan bo`lsa, radsiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.


Basharti, tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi ma`lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo`lsa, ayni shu ommaviy axborot vositalarvda radsiya berilishi lozim. Basharti buvday ma`lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo`lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda radsiya berish tartibi sud tomonidan bedgilanada.


Bashargi sudning qarori bajarilmasa, sud qoidabuzarga qonun hujjatlarida belgilangan mikdorda va tartibda undiriladigan jarima solishga x^aqiidir. Jarima to`lash qoidabuzarki sudning hal qiluv qarorida nazarda tutilgan harakatni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.


O`zining ishchanlik obro`siga putur yetkazuvchi va ma`lumotlar tarqatilgan tadbirkorlik faoliyatining subyekti, bunday ma`lumotlar rad etilishi bilan bir qatorda, ularni tarqatish oqibatida yetkazilgan zarar to`lanishini va ma`naviy zarar uchun tovon to`lanishini talab qilishga haqlidir! (Qonunning 35-modsasi).


Tadbirkorlar o`z faoliyati natijasidan olgan daromadlarini mustaqil tasarruf etishga haqli ekanligi ham qonun bilan kafolatlanadi. O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunning 41-moddasida belgilab qo`yilganidek, «Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanganidan, soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan, shuningdek kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan daromadi (foydasi) o`zlarining ixtiyoriga binoan ishlatiladi».


«Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan subyektlarning qonun hujjatlariga muvofiqamalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashish! a x.ak,pi emas.


Agar davchat idoralari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan (adbirqorlik subyekglari faoliyatidagi qonunbuzarlik aniqpansa, ular o`z vakolatlari doirasida ana shu buzilishni bartaraf eti^i bilan bevosita bog`liqbo`lgan choralarni ko`riishari mumkin. Dailat idoralari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlaryning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uZun asos sifatida foydalanishlari mumkin emas.


Dav/at organlari yoki ular mansabdor shaxslarining rayriqonuniy qarorlari yoki boshqa qarakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda,


Qonun hujjatlarida nazarda tugilgan tartibda qoplanishi lozim (Qonunning 40-modsasi).


Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bundan tashqari yana birmuncha boshqa kafolatlar ham belgilangan. Ana shunday kafolatlardan biri tadbirkorlik faoliyati subyektlari o`zlarining qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlaridan erkin foydalana olishlari mumkinligidir.


Yuqorida tilga olingan qonunning 42-moddasiga ko`ra, «Davlat organlari tadbirkorlik faoliyati subyekglarinikg so`rovlariga binoan ularni qiziqtirgan axborotni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda takdim etishlari shart». Qonunning 43-moddasida esa, «Tadbirkorlik faoliyati subyekglarini himoya qilishning yuqorida ko`rsatib o`tilgan kafolatlari va choralari bilan bir qatorda qonun hujjatlari bilan qo`shimcha kafolatlar va himoya choralari, shu jumladan sheriklar tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlari oldidagi o`z majburiyatlari aniqbajarilishini ta`mindovchi kafolatlar va himoya choralari belgilanishi va berilishi mumkin», deb uqdiriladi.




Адабиётлар:


1 Каримов И. А.. Ўзбекистон буюк келажак сари (Ўзбекистон XXI аср бўсагасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафо-латлари). Т., «Ўзбекистон», 1998, 567-6.
2. Каримов И. А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. Т., «Ўзбекистон», 1995, 241-6.
3. Ўзбекистон Республикасининг Корхоналар, Ижара, Мулкчилик тўғрисидаги қонунлари. Т., «Адолат», 1997.
4. www.ziyonet.uz
Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling