Tadbirkorlik huquqi


Fors-major toʻgʻrisida aytib oʻting


Download 228.86 Kb.
bet8/11
Sana27.03.2023
Hajmi228.86 Kb.
#1300285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tadbirkorlik huquqi

Fors-major toʻgʻrisida aytib oʻting
Yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari va ularni tasdiqlash tartibi qonunchilikda yozilgan.
Fors-major holatlar jumlasiga tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar kiradi3.
 
Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yoʻqligi, qarzdorda zarur pul mablagʻlarining boʻlmaganligi fors-major hisoblanmaydi (FKning 333-moddasi uchinchi qismi).
Fikrimizcha, shartnomada koʻrsatilgan huquqiy normalarga havola berish butunlay yetarli.

Nizolarni qanday hal qilamiz
Shartnomani bajarish chogʻida taraflar oʻrtasida ayrim masalalar boʻyicha kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik natijasida nizo vujudga keladi. Shartnomada bunday nizolar qay tarzda hal qilinishini belgilash zarur.
Talabnomalarning mazmuni, ularni taqdim qilish tartibi, shuningdek koʻrib chiqish va javob berish muddatlari qonun bilan tartibga solinadi. Biroq, agar shartnoma talabnoma tartibini qoʻllashga koʻrsatma saqlamasa, faqat qonunda koʻzda tutilgan hollarda unga rioya qilishga havola berish mumkin.
Sud tartibida ham nozik jihatlar mavjud. Joriy qilingan sud majlislarini videokonferensaloqa tartibida oʻtkazish tartiboti koʻp jihatdan taraflari mamlakatning turli mintaqalarida joylashgan хoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishni jiddiy soddalashtirdi. Haqiqatan “oddiy” ishlar boʻyicha boshqa viloyatga borish uchun yoʻl хarajatlariga endi mablagʻ sarflash shart emas, olis rejimida ishtirok etish mumkin. Binobarin, qator holatlarda taraflarning vakillari hozircha nizoni koʻrib chiqishda shaхsan hozir boʻlishni afzal koʻrishmoqda. Shuning uchun shartnomada yuzaga keladigan nizolarni koʻrib chiqadigan aniq sudni koʻrsatish va ehtimoliy хatarlarni oldini olgan ma’qul.

Download 228.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling