Tadbirkorlik mazmuni va ahamiyati


Download 29.2 Kb.
bet3/5
Sana23.12.2022
Hajmi29.2 Kb.
#1048559
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish

Tadbirkorlik turi – tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishi, kapital kiritish sohasi va faoliyat natijasiga ko‘ra farqlanuvchi belgilar tizimi.
Ishlab chiqarishdagi tadbirkorlik - Siz tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlashdan avval uning o‘zingizga mos turini tanlashingiz lozim. Aytaylik, siz kichik qandolat-chilik sexi ochmoqchisiz. Buning uchun sizda bino, zarur asbob-uskuna va jihozlar hamda yetarlicha moliyaviy mablag‘lar bo‘lishi talab etiladi. Sizning qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatingizishlab chiqarish tadbirkorligi deyiladi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi – iste’molchilarga sotish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat.
Tijorat tadbirkorligi – tovar-pul munosabatlari va savdo-ayirboshlash operatsiyalariga, ya’ni tovar va xizmatlarni qayta sotishga asos-langan faoliyat.
Moliyaviy tadbirkorlik – pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati.
Sug‘urta – turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati
Tadbirkorlik shakllari:
Tadbirkorlik turlari bilan bir qatorda, tadbirkorlik shakllarini ham to‘g‘ri tanlash muhim hisoblanadi. Tadbirkorlik shakli – faoliyat yuzasidan hamkorlar, boshqa tadbirkorlar va davlat idoralari bilan munosabati jihatidan farqlanuvchi belgilar tizimidir.Tadbirkorlikning muayyan shakli bozorning holati va tadbirkor ixti-yorida kapitalning mavjudligi orqali belgilanadi. Tadbirkorlikning asosiy shakllariga yakka tartibdagi tadbirkorlik, jamoa tadbirkorligi, korporativ tadbirkorlik kiradi.

  1. Yakka tartibdagi tadbirkorlik.

Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tad-birkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.

Download 29.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling