Tadbirkorlikning quyidagi turlari mavjud
Tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari mavjud - - xususiy tadbirkorlik- jismoniy yoki yuridik shaxslar (korxona) tomonidan amalda o’zining shaxsiy (xususiy) mulki asosida tashkil qilinadi
- - jamoa tadbirkorlikligi - fuqarolar guruhining jamlanma mulki asosida tashkil qilinadi,
- - aralash tadbirkorlik - bitta (yoki bir necha) yuridik shaxs (korxona) va bir necha jismoniy shaxslar mulkini birlashtirish asosida tashkil qilinadi:
- - qo’shma tadbirkorlik - ikki yoki undan ortiq yuridik shaxslar (shu jumladan chet el korxonalari) mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil qilindi
- - shartnomaviy tadbirkorlik - mulk egasi bo’lmagan korxona raxbari(yoki boshqa mas`ul lavozimdagi xodim-menejer) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillar quyigilardan iborat: 1.Xalq xo’jaligi tarmoqlarining bozor munosabatlariga o’tishi va iste`mol bozorining yaratilishi. 2.Tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfaatlarining idoralar kafolatining mavjudligi. 3.Ishbilarmonlikning davlat tomonidan soliq, moliyaviy kredit va amortizatsiya siyosati orqali munosib qo’llab-quvvatlanishi.
4.Davlat va munitsipal korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va kichik firmalarni bunyod etish;
5.Kam daromad, past rentabelli va zarar ko’rib ishlovchi korxonalarning bankrotlikga uchrashining aniqligi va ular asosida xususiy kichik korxonalar tashkil qilish;
6.Davlat ijtimoiy-siyosiy jixatdan barqaror xolati (xorijiy kapitalni jalb qilishda kumaklashadi).
7.Jamiyatning``` tadbirkorlik to’g’risidagi ijobiy muruvvatli fikri; 8.Ishbilarmonlikning tashkiliy-xuquqiy shaklini to’g’ri tanlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |