Tadbirkorlik mohiyati va uni rivojlanishi uchun yaratilgan shart sharoitlar bajardi : erkinova madina


Tadbirkorlik tushunchasining mazmuni uning to’rtta o’zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan ochiladi


Download 16.75 Kb.
bet2/6
Sana20.10.2023
Hajmi16.75 Kb.
#1713758
1   2   3   4   5   6
Tadbikorlikning biznesdan farqi

Tadbirkorlik tushunchasining mazmuni uning to’rtta o’zaro bog’liq vazifasini aniqlash bilan ochiladi.

1.Tadbirkor o’ziga tovar ishlab chiqarishning yagona jarayonida, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarini bir joyga keltiruvchi vositachi hisoblanadi.

2.Tadbirkor biznesni yuritish jarayonida o’ziga asosiy qarorlar qabul qilishdek qiyin vazifani oladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi.

3.Tadbirkor-bu yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida kiritishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi.

4.Tadbirkor-taxlika (risk)ga boruvchi inson. Buni uning boshqa uchta vazifasini chuqur o’rganish ko’rsatadi. Bozor munosabatalariga asoslangan jamiyatda tadbirkorga foyda kafolatlanmagan. Uning sarflangan vaqti, kuchi va qobiliyati foyda yoki zarar bilan taqdirlanishi va hatto u sinishi ham mumkin. qisqacha aytganda tadbirkor na faqat o’zining vaqti, mehnati va ishchanlik layoqati, balki o’zi yoki o’z aktsionerlari ishlab chiqarishga qo’ygan mablag’lar bilan tahlikaga boradi.


Tadbikorlikni turlarga bo’lish belgilari

Tadbirkorlar guruhlari

Yangi tovar yoki xizmatni loyihalashni tashkil etish bo’yicha tadbirkorlik

Innovatsiya tadbirkorlari, ya’ni intelektual mulk egalari. Bu tadbirkorlar yangi tovar va xizmatlarni chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish yuzasidan ilmiy izlanishlarni olib boruvchi tadbirkorlar.

Faoliyat yo’nalishi bo’yicha tadbirkorlik

Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar

Qanday vazifani bajarishi bo’yicha tadbirkorlar

Ishlab chivqarishni boshqaruvchi tadbirkorlar moliya va sug’urta bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, vositachilik bilan shug’ulanuvchi tadbirkorlar maslahat bilan shug’ulanuvchi tadbirkorlar

Faoliyat turlarining` soni bo’yicha tadbirkorliк

Bitta sohadagi tadbirkorlar, ko’p sohadag`i tadbirkorlar

Faoliyatning murakkabligi bo’yicha tadbirkorlik

Maxsus bilim talab qilmaydig`an faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar; maxsus bilim talab qilinadigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar; yuqori texnologiya va nodir bilim talab qiladigan faoliyat bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar.

Faoliyatning tarmoq yo’nalishlari bo’yicha tadbirkorliк

Sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, savdo va xizmat ko’rsatish, transport va boshqa sektorlardagi tadbirkorlar.


Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling