Alibaba group holding limited sardor ziyoyev


Download 279.27 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi279.27 Kb.
#1550994
Bog'liq
ALIBABA GROUP

ALIBABA GROUP HOLDING LIMITED

SARDOR ZIYOYEV


Reja;
1. Xitoyning elektron tijorat, chakana savdosi
2.Alibaba kompaniyasining ommaviy aksiyalari
3.Kompaniyaning asosiy ishlari
  • Reja;
  • 1. Xitoyning elektron tijorat, chakana savdosi
  • 2.Alibaba kompaniyasining ommaviy aksiyalari
  • 3.Kompaniyaning asosiy ishlari

Alibaba Group Holding Limited — Alibaba Group va Alibaba.com sifatida tanilgan, Xitoyning elektron tijorat, chakana savdo, Internet va texnologiyalarga ixtisoslashgan transmilliy texnologik kompaniyasi. 1999-yil 28-iyunda Chjetszyan shahrining Xanchjou shahrida tashkil etilgan[1]. Kompaniya veb-portallar orqali isteʼmolchidan isteʼmolchiga (C2C), biznesdan isteʼmolchiga (B2C) va biznesdan biznesga (B2B) savdo xizmatlarini taqdim etadi. Elektron toʻlov xizmatlari, xarid qilish qidiruv tizimlari va bulutli hisoblash xizmatlari mavjud.
U dunyodagi ko'plab biznes sohalarida turli xil kompaniyalar portfeliga egalik qiladi va ishlaydi[2]. Buyuk Britaniyaning dunyo bozorini oʻrganuvchi «Kantar» kompaniyasi dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingini e’lon qildi.
2014-yil 19-sentyabrda Nyu York fond birjasida Alibabaʼning ommaviy aksiyalari (IPO) 25 milliard dollarni tashkil etdi va kompaniyani 231 milliard dollar kapitallashuvini taminladi. Shu bilan dunyo tarixidagi eng yirik ommaviy taklif boʻldi[4]. Dunyodagi eng qimmat 10 korporatsiyadan biri[5] va „Forbes Global 2000“ 2020 roʻyxatida dunyodagi 31-eng yirik ommaviy kompaniya deb keltirilgan[6]. 2018-yil yanvar oyida Alibaba raqibi Tencentdan keyin 500 milliard dollarlik savdo hajmidan oʻtgan ikkinchi Osiyo kompaniyasi boʻldi[7].
Alibaba dunyodagi eng yirik chakana savdo va elektron tijorat kompaniyalaridan biridir. 2020-yilda u beshinchi yirik sunʼiy intellekt kompaniyasi sifatida ham baholandi[9]. Shuningdek, u eng yirik venchur kapital firmalaridan biri va dunyodagi eng yirik investitsiya korporatsiyalaridan biridir[10][11][12][13].
Kompaniya dunyodagi eng katta B2B (Alibaba.com), C2C (Taobao) va B2C (Tmall) bozorlariga mezbonlik qiladi[14][15]. U media sohasiga kirib bormoqda, daromadlari yildan-yilga uch baravar koʻpaymoqda[16]. Shuningdek, u dunyodagi eng katta onlayn va oflayn xarid qilish kuni boʻlgan Xitoyning Singles Day kuni (2018 yildagi) rekordini o'rnatdi
Milliarder Jack Ma tomonidan asos solingan „Alibaba“ oʻtgan yillar davomida mediakativlarning katta qismini, shu jumladan, bosma, televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlar va reklama aktivlarini yiqqan. Xususan, Twitterʼning xitoycha koʻrinishi boʻlgan Weibo platformasining 30 foiz ulushiga, shuningdek, bir nechta mashhur raqamli va bosma yangiliklar nashrlarining ulushiga egalik qiladi. Bundan tashqari, qayd etilishicha, kompaniya tarkibiga Gonkongda joylashgan «Alibaba Picture Group» kinokompaniyasi hamda Xitoyning eng yirik video platformalaridan biri boʻlgan «Yoku Tudou» ham kiradi.
Xitoy hukumati „Alibaba Group“dan ommaviy axborot vositalaridagi aktivlaridan voz kechishni iltimos qilgan. Hukumat kompaniyaning XXRdagi jamoatchilik fikriga taʼsiridan xavotirdaligi bois shu qarorga kelgan. Bu masala boʻyicha munozaralar 2021-yilning boshida — nazorat organlari asosiy ishi savdo-sotiq boʻlgan kompaniyaga tegishli boʻlgan mediaaktivlar roʻyxati bilan tanishgandan soʻng boshlangan. Hukumat kompaniyadan mediaaktivlari sezilarli darajada kamaytirish rejasini ishlab chiqishni soʻragan
Alibaba“ning asosiy hammuassisi Jack Ma kompaniya tashkil topganidan 2019-yil 10-sentyabrigacha boʻlgan sobiq ijrochi raisidir. Amaldagi ijrochi raisi – 2019-yil 10-sentyabrda Ma oʻrnini egallagan Daniel Zhang va shuningdek, 2015-yildan buyon „Alibaba“ bosh direktori. Shuningdek, u 2015-yilda «Hupan» biznes maktabiga asos solgan[53].

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

  • ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 279.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling