Tadbirkorlik muhitining mohiyati va tarkibi


Download 348.66 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2023
Hajmi348.66 Kb.
#1323771
1   2   3   4   5   6   7   8
94

6. I- chizma. Tadbirkorlik muhitining tasnifi va tarkibi
6. 2. Tadbirkorlik shart-sharoitlari va ularning ahamiyati
Tadbirkorlik shart-sharoitlari - bu tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun tabiatan mavjud bo‘lgan hamda jamiyat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar majmuyidir. Bu imkoniyatlar ikki xil xarakterga ega
va shuning uchun ikki guruhga-obyektiv va subyektiv imkoniyatlarga,
ya’ni shart-sharoitlarga boiinadi.
Tadbirkorlikning obyektiv shart-sharoitlari ~ bu mamlakatda tabiatan mavjud imkoniyatlar boiib, ularga quyidagilar kiradi: birlamchi
tabiiy resurslar, ya’ni xomashyo, turli materiallar, yoqilg‘i-energetika
boyliklari, suv resurslari, tabiiy iqlim, yil fasllari va mavsumlari, min-
95
taqaning geografik o‘mi va hududiy joylashishi, o‘simlik va hayvonot
dunyosi, aholi soni, uning о‘sishi, joylashishi va iqtisodiy faollik darajasi, ish bilan ta’minlanishi, tabiiy, xalqaro va milliy ixtisoslashish va
boshqalar.
Tadbirkorlikning subyektiv shart-sharoitlari - bu jamiyat tomonidan
yaratiladigan imkoniyatlar bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) subyektiv umumiy shart-sharoitlar jamiyatning hamda iqtisodiy otning barcha sohalariga taalluqli bo‘lib, quyidagilardan iborat: siyosiy,
umumiy huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, psixologik, mafkuraviy,
ilmiy-texnikaviy muhitlar, umuminsoniy qadriyatlar va munosabatlar,
ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, bozor va
bozor munosabatlari, infratuzilma, raqobat, xalqaro iqtisodiy aloqalar,
axborot ta’minoti, kadrlar tayyorlash tizimi va shu kabi boshqa jarayonlar va hodisalarning rivojlanish darajasi va hokazolar;
2) subyektiv maxsus shart-sharoitlar tadbirkorlik uchun maxsus
yaratiladi va ular quyidagilardan iborat: tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etish, rasmiylashtirish, amalga oshirish, rivojlantirishga oid me’yoriyhuquqiy hujjatlar tizimi, tadbirkorlik infratuzilmasi, tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimlari, dasturlari, organlari,
shakllari va boshqalar.
0 ‘zbekistonda tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar
asosan yaratilgan, mavjud obyektiv shart-sharoitlar yetarli: mamlakatdagi tabiiy boyliklar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, energiya, yer, suv,
mehnat va boshqa resurslar tadbirkorlikni xomashyo, yoqilg‘i-energiya
va boshqa kerakli materiallar bilan to‘liq ta’minlashga qodir, iqlimi
ham tadbirkorlik uchun qulay. Tadbirkorlikni amalga oshirish va rivojlantirish uchun jamiyat tomonidan ham qulay shart-sharoitlar yaratilgan: tadbirkorlikka oid qonunchilik shakllangan va tadbirkorlar foydasiga takomillashtirib borilmoqda, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
siyosati amal qilib kelmoqda, mazkur siyosatning samaradorligini
oshirish maqsadida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat dasturi qabul qilingan, maxsus davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan,
tadbirkorlik subyektlari uchun bir qator imtiyozlar belgilangan, ularning erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari, huquqlari va mol-mulklari
kafolatlangan va hokazo. Bunday imkoniyatlar yildan-yilga kengayib
bormoqda.
96
Ammo 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni tashkil etish, amalga oshirish
va rivojlantirishda hali anchagina qiyinchiliklar va muammolar mavjudligi oldingi bobda ta’kidlab o‘tilgan edi (4.3-jadvalga qarang).
Bunday qiyinchiliklar va muammolar mavjud, yaratilgan va yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishga to‘sqinlik qiladi, ayrim
hollarda esa ularni yo‘qqa chiqarib yuborishi ham mumkin.
Tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish shart-sharoitlarini
tadbirkorlar yaxshi anglab olishlari zarur. Aks holda, tadbirkor mavjud imkoniyatlardan ham to‘la foydalana olmaydi va natijada oldiga
qo‘ygan maqsadiga ham erisha olmaydi. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli boshlamoqchi va amalga oshirmoqchi
bo‘lgan har bir tadbirkor kamida quyidagi beshta shartga rioya qilishi
zarur:
1) ish boshlamoqchi bo‘lgan sohani yaxshi bilishi kerak. Muayyan
sohani yaxshi bilmagan taqdirda, shu soha bo‘yicha boshqa bir mutaxassis topib, bevosita ishjarayonini boshqarishni unga topshirishi lozim;
2) ish boshlashdan oldin, umuman, mahsulot emas, balki mahsulotning aniq turi, variantini ishlab chiqarishni o‘ylash va rejalashtirish kerak. Bu esa bozordagi talabni bilishni taqozo etadi. Aks holda, anchagina mablag‘ va mehnat sarf qilinib, ishlab chiqarilgan mahsulot sotilmay
qolishi va natijada tadbirkorlik faoliyati barbod bo‘lishi mumkin;
3) shaxsiy aloqalami mustahkamlash, kengaytirish va tadbirkorlikni
amalga oshirishda ulardan samarali foydalanish lozim. Tadbirkorlikda
shaxsiy aloqalar, tanish-bilishlik ham katta rol o‘ynaydi. Ishga yordami
tegadigan tanish-bilishlami ham mazkur ishga qiziqtirib, ularni taqdirlashni ham unutmaslik kerak;
4) barcha resurslami rejalashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarishga safarbar eta olish va moddiy ta'minotni yo‘lga qo‘ya olish muhim
tadbirlardan hisoblanadi. Ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar,
yoqilg‘i, elektr-energiyasi va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan
o‘z vaqtida va uzluksiz ta’minlash muvaffaqiyat garovidir;
5) mahsulot sotish tizimini samarali tashkil etish zarur. Muhim tadbirkorlik mahorati - o‘z mahsulotiga xaridorlami jalb qila bilish va
ularni uzoq saqlab qolishdir. Bu ishlarni hamkorlarga ham namoyon
qilib, ularni ishning istiqbolli ekanligiga ishontirish kerak.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tomonidan tadbirkorlikning bankrotga uchrashining asosiy sabablari deb quyidagilar
e’tirof etilgan:
97
1) puxta bir g‘oyani topa olmaslik;
2) mahsulotni xaridorlarga yetkazib berish va sotish mukammal tizimini yarata olmaslik;
3) faoliyatni yetarli darajada moliya resurslari bilan ta’minlay olmaslik.

Download 348.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling