Tadbirkorlik muhitining mohiyati va tarkibi
Download 348.66 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- QISQACHA XULOSALAR
6. 1 - jadval
Muhim omillaming roli Omillaming ta’siri + 50 va undan yuqori bo‘lganda kuchli ijobiy hisoblanadi va keng imkoniyatlar yaratilganidan,-50 va undan past bo‘lganda jiddiy xavf-xatar mavjudligidan darak beradi. 106 Shunday qilib, tadbirkorlik omillari tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etib, uning natijalari shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Tadbirkorning vazifasi - ularni har tomonlama tahlil qilib, yaxshi bilib olish, o‘ziga bog‘liq omillarni oqilona tashkil etish, o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan omillarga moslashish yo‘li bilan ulardan samarali foydalanishdir. QISQACHA XULOSALAR Tadbirkorlik faoliyati muayyan muhitda tashkil etilishi, amalga oshirishi va rivojlanishi mumkin. Tadbirkorlik muhiti tadbirkorlik shart-sharoitlari va omillari majmuyidir. Tadbirkorlik shart-sharoitlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tabiatan mavjud bo‘lgan hamda jamiyat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar hisoblanadi. Ular ikki guruhga - obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarga bo‘linadi. Obyektiv shart-sharoitlar mamlakatda tabiatan mavjud imkoniyatlar bo‘lib, ularga tabiy resurslar, tabiiy iqlim, aholi soni, uning o‘sishi va iqtisodiy faolligi va boshqalar kiradi. Subyektiv shart-sharoitlar jamiyat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar bo‘lib, ularga siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy imkoniyatlar, tadbirkorlik infratuzilmasi, uni qo‘llabquwattlash tizimi va boshqalar kiradi. Tadbirkorlik omillari - bu tadbirkorlik faoliyatida bevosita ishtirok etuvchi resurslar hamda unga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi kuchlardir. Ulardan asosiysi inson omilidir. Chunki inson boshqa omillarni tashkil etadi, yo‘naltiradi va ishlatadi. Buning ustiga insonning tadbirkorlik qobiliyatini hisobga olganda mazkur omil hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik faoliyatida tadbirkorlik sarmoyasi, texnologiyasi, axboroti, salohiyati, nufuzi ham muhim o‘rin egallaydi. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi omillar ham muhim rol o‘ynaydi. Ularga kerakli resurslami yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, raqiblar, boshqa hamkorlar, tadbirkorlik infratuzilmasi va kasaba uyushmalari, tadbirkorlar birlashmalari kiradi. Tadbirkorning asosiy vazifasi tadbirkorlik muhiti omillarini doimiy ravishda o‘rganib borish, ularni mohirona tashkil etish va ulardan samarali foydalanish hisoblanadi. Download 348.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling