Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Mas’ul muharrir --------
Taqrizchilar: 
Qoriyeva Yo.K.-iqtisod fanlari doktori, professor
Suyunov D.X. -iqtisod fanlari doktori, professor
ISBN 978-9943-333- -
©- “Iqtisodiyot”, 2010.


KIRISh
Hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga
alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish
masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 2009 yilning asosiy
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng
muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29
yanvarda bo’lib o’tgan majlisidagi «Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va
xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va bu borada zaruriy chora-tadbirlar majmuini
amalga oshirish masalasiga alohida to’xtalib o’tar ekan, “Hozirgi kunda kichik
biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotning qariyb 50 foizini ishlab chiqarmoqda.
Holbuki, 2000 yilda bu ko’rsatkich 30 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija
birinchi navbatda kichik biznes va hususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy
qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir”
1[1]
, -deb alohida ta’kidlashi mamlakatimizda
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yangi bosqichlarga
ko’tarishni nazarda tutadi.
Bugungi kunda ushbu soha nafaqat milliy iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini
jadallashtirish, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan
ta’minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi
o’rin tutmoqda.
Lekin shu bilan birga, bu borada ayrim muammolarga ham duch
kelinmoqdaki, buning asosiy sababi kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini
boshlayotgan shaxslarning ishni nimadan boshlamoq kerakligi, uni qanday tashkil
etish zarurligi va boshqarish sirlari haqida to’la tasavvurga ega emasligidadir.
Shu jihatdan qaralganda, mazkur o’quv qo’llanma yuqoridagi muammolarni
samarali bartaraf etishga muhim hissa qo’shadi.
«Kichik biznes va tadbirkorlik» fani bo’yicha respublikamiz va MDH
mamlakatlarining yetakchi olimlari tomonidan ko’plab darslik va o’quv
qo’llanmalar chop etilgan. Jumladan, Abdullayev A., Sotvoldiyev A. va boshqa
mualliflar tomonidan 2004 yilda «Kichik va o’rta biznes: tashkil etish,
rejalashtirish, boshqarish» nomli o’quv qo’llanmasi nashr etilgan. Unda kichik va
o’rta biznesni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish masalalari atroflicha
yoritilgan. Bundan tashqari, qo’llanmada bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanishni maqsad qilib qo’ygan shaxslar uchun biznesga kirib borish
bilan bog’liq atamalar izohi berilgan.
Yuldashev Sh.A. tomonidan 2003 yilda chop etilgan «Malыy biznes i
predprinimatelstvo» nomli o’quv qo’llanmada O’zbekistonda kichik biznesning
shakllanishi va rivojlanishi, uning tashkiliy-huquqiy shakllar, kichik biznes
infratuzilmasi, biznes-reja ishlab chiqish masalalari va kichik korxonalar
faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish usullari ko’rsatib berilgan.
Lapusta M.G. tahriri ostida 2003 yilda chop etilgan «Pred-prinimatelstvo»
1[1]
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада
юксалтиришдир.- Т.: Ўзбекистон, 2010.


nomli o’quv qo’llanmada tadbirkorlikning umumiy tavsifi va tashkiliy-huquqiy
shakllari, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, biznes-reja tuzish, moliyaviy
faoliyatini tahlil qilish, soliqqa tortish va tadbirkorlik psixologiyasi masalalari
keng yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya., Polyak G.B. va Shvandar V.A.lar tomonidan 2002 yilda
tayyorlangan «Predprinimatelstvo» nomli o’quv qo’llanmada Rossiyada
tadbirkorlikning shakllanishi va o’ziga xos xususiyatlari, uning zamonaviy
shakllari, faoliyat turlari, moliyaviy faoliyatini boshqarish, tahlil qilish va soliqqa
tortish masalalari keng yoritilgan.
Siropolis Nikolas N. tomonidan 2001 yilda chop etilgan «Upravleniye
malыm biznesom» nomli o’quv qo’llanmada kichik biznesning iqtisodiyotda
tutgan o’rni, kichik biznesni tashkil etish va boshqarish masalalari atroflicha
yoritilgan.
Gorfinkel V.Ya. va Shvandar V.A. tomonidan 2004 yilda nashr etilgan
«Maliy biznes: Organizasiya, ekonomika, upravleniye» nomli o’quv qo’llanmada
Rossiya va xorij mamlakatlarida kichik biznesning rivojlanishi, uning
iqtisodiyotda tutgan o’rni, kichik biznes faoliyatini tashkil etish, boshqarish va
tahlil qilish masalalari keng yoritilgan.
Yuqorida qayd etilgan o’quv qo’llanmalardan farqli o’laroq, mazkur o’quv
qo’llanma O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan tasdiqlangan «Kichik biznes va tadbirkorlik» fani o’quv dasturi
asosida tayyorlangan.
Unda kichik biznes va tadbirkorlik bo’yicha xorij iqtisodchi-olimlari
tomonidan ilgari surilgan nazariya va maktablarning vujudga kelishi va taraqqiy
topishi, kichik biznes va tadbirkorlik tushunchalari, ularning iqtisodiyotda tutgan
o’rni, respublikada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning o’ziga xos
xususiyatlari, kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslari va
ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalari keng yoritilgan.
Shuningdek, ushbu o’quv qo’llanmada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish, uning moliyaviy holati va kredit bilan
ta’minlash shakllari, bank, soliq, moliya muassasalari va audit tizimi bilan
aloqalari, ularning soliqqa tortilish mexanizmlari va imtiyozlari, tadbirkorlik
etikasi va madaniyati, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport
salohiyati baholash usullari, shuningdek, O’zbekistonda kichik biznes va
tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari batafsil bayon etilgan. 
O’quv qo’llanma mualliflari kichik biznes va tadbirkorlik fao-liyati bilan
shug’ullanuvchi xodimlar, ishbilarmonlar va oliy o’quv yurtlari talabalarining
qo’llanmaning mazmuni, tuzilishi yuzasidan bildirgan taklif, mulohaza va
maslahatlarini bajonidil qabul qiladilar.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling