Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

1.2.1-jadval
AQShda tadbirkorlik sohasida uzoq yillar mobaynida amal qilayotgan
qonunlar tizimi
Qonunlar
Qonunlarning asosiy mohiyati
1
2
Trestlarga qarshi 
Sherman qonuni 
(1890 y.)
a) monopoliya yoki monopoliyalashtirishni ta’qiqlash; 
b) shtatlararo yoki tashqi savdoni cheklashga qaratilgan
turli xildagi shartnoma, kelishuv va birlashmalarni
ta’qiqlash.
Oziq-ovqat 
mahsulotlari va 
medisina 
preparatlarining 
sifatliligi haqidagi 
qonun (1906 y.)
Shtatlararo savdo-sotiqqa qalbakilashtirilgan yoki marka
yopishtirilmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish,
sotishni ta’qiqlash. Bu qonun 1938 yilda oziq-ovqat, dori-
darmon va kosmetika vositalari haqidagi Federal qonuniga
almashtirildi. 1958 va 1962 yillarda unga jiddiy
o’zgartirishlar kiritildi.
Federal savdo 
komissiyani ta’sis 
etish haqidagi qonun 
(1954 y.)
«Savdoda raqobatning vijdonsizlik uslubi noqonuniyligi»
ni tekshiruvchi idora - komissiyani ta’sis etishni nazarda
tutadi.
Kleyton qonuni 
(1914 y.)
Amaliy faoliyatning ayrim turlarini ta’qiq yetuvchi
Sherman Qonuniga qo’shimcha kiritildi (narxlarni
kamsitish turlarini aniqlash, shartnomaga hamkor
harakatini cheklovchi moddani kiritish, sotishning
cheklash tajribasini qo’llash, boshqa korporasiyalar
aksiyalariga ega bo’lish, qo’shma direktorat tashkil etish).
Uiler Li qonuni 
(1938 y.)
Raqobatga zarar keltirish yoki keltirmaslikdan qatiy nazar
nopok, firib harakat va usullarni ta’qiqlash; oziq-ovqat,
dori-darmon reklamasi ustidan Federal savdo
komissiyasining nazoratini ta’sis etish.
8[8]
Предпринимательство: Учебник для вузов. /Под ред. проф. В.Я. Горфинкеля, проф. Г.Б. Поляка,
проф. В.А. Швандара. – М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 2001. 18-бет.


Tovarning aslligi 
uning o’rami va 
markasida aks etishi 
haqidagi qonun 
(1966y.)
Keng iste’mol tovarlar o’rami va markalashiga qoida joriy
etilishi o’ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs
nomi va o’ram ichidagi narsaning aniq miqdorini
ko’rsatishni talab qiladi.
Iste’mol 
tovarlarining xavfsiz 
bo’lishi haqidagi 
qonun (1972 y.)
Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi bilan bog’liq
muammolar bo’yicha komissiya ta’sis etilishi va unga
iste’mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini
qo’llash va ushbu standartlarga rioya etmasligi uchun
sanksiya qo’llash vakolati berildi.
1
2
Qarzlarni vijdonan 
undirib olish 
haqidagi qonun 
(1978 y.)
Qarzlarni undirib olishda odamlarni qo’rqitish, ta’qib
qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo’lish, tuhmat qilish
noqonuniy deb e’lon qilindi.
Davlatnint ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish kerakligini asoslab
berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo’lishining uch asosiy sababini
ko’rsatib berdi:
- firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir ovozdan
raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan to’qnash
kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar
9[9]
».
Shundan kelib chiqib, «g’irrom raqobat» ning oldini olish bo’yicha
qonunlar paydo bo’ldi:
- nohaq amaliyotdan iste’molchilarni himoyalash zarurligi.
Shundan kelib chiqib, nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan,
reklamada yolg’on axborot berayotgan, o’rash va narx yordamida aldayotgan
firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling