Tadbirkorlik pdf


Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operasiyalar


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Tovar olib-sotish va xizmat ko’rsatish bo’yicha operasiyalar. Tijorat
tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko’rsatish
tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish
tadbirkorligi faoliyatiga o’xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga
moddiy resurslar o’rniga tayyor tovarlar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida
mahsulot ishlab chiqarish o’rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan
oldin bozor tahlilini o’tkazish zarur.
Umumiy ko’rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo’jalik
faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir.
Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi,
ya’ni bozor o’rganiladi, tovar iste’molchiga yetkaziladi, moliyaviy ta’minot va
foyda olish yo’lga qo’yiladi. Shu yerda savdo korxonasiga o’zaro bog’liq ikki
talab qo’yiladi, ya’ni iste’molchilarning o’zgaruvchan harakatiga o’rganish va
raqobat sharoitida faoliyat ko’rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirishning eng muhim sharti uni
rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini
belgilaydi. Tovarlar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali
egallamagan tovarlar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga ega an’anaviy
tovarlar tashkil etadi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni
o’rganish, bashorat qilish, rejalashtirish, maqsadlarni amalga oshirish va ularni
nazorat qilishni o’z ichiga oladi. 
Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini oddiy chizma
ko’rinishida quyidagicha tasvirlash mumkin (2.1.2-rasm). Agar bozorning
dastlabki tahlili va bashorati tijorat bitimini tuzish foydasiga hal bo’layotgan
bo’lsa, tijoratchi shu bitim aks etilgan biznes-rejani va bo’lajak xarajat va
kutilayotgan natijalarni ishlab chiqishi lozim.
Har bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni
sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni
rasmiylashtirish); 
- tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo’lgan omborxona, baza, savdo
do’konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
- tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
- amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag’larini
kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
- vositachilik faoliyati ko’rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslarning


xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to’lash;
Marketing axborotini yig’ish va
ma’lumotlar bankini
shakllantirish
Marketing boshqaruv bo’yicha
qarorlar qabul qilish
Ichki va tashqi muhit omillarini
tadqiq qilish
O’z bozor imkoniyatlari haqida
tasavvurga ega bo’lish
Tovar bozori holati va
rivojlanishini o’rganish
Tovar ishlab chiqarish bo’yicha
xolisona qaror qabul qilish
Talab va taklifga ta’sir etuvchi
omillarnn aniqlash va ularni tahlil
qilish
Sotish va narx siyosatini
shakllantirish
Kerakli assortiment va tovar
sifatiga talablarni aniqlash
Iste’molchilar qiziqishi va
talablarini qondirish
Tovar ta’minotchilari bilan
doimiy va ishbilarmonlik
aloqalari o’rnatish
Tovar bilan ta’minlashning
tranzit va ombor shakllarini
tashkil qilish
Bozor munosabatiga qaratilgan
savdo-texnologik jarayonni
tashkil etish
Tovar sotishda izchillik,
rejalilik va barqarorlikni
ta’minlash
Reklama tadbirlarini amalga
oshirish
Sotilayotgan tovarlarga
qiziqishni oshirish
Firma obro’sini shakllantirish
Do’konlarda o’ziga xoslik
yaratish

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling