Tadbirkorlik pdf


-rasm. Marketing dasturi majmui


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

4.4.1-rasm. Marketing dasturi majmui
Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo’nalishiga qarab
markekting dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur
yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va aniq tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda
muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi, pastki bo’g’in uchun tuzilgan dasturlarda esa
har bir savol yoritib beriladi.
Muddatiga ko’ra, marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzoq muddatli turlarga
bo’linadi. Ayrim firmalar esa ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq va qisqa
muddatli dasturlar.
Qamrab olinayotgan vazifasiga ko’ra, oddiy yoki maqsadli dasturlarga
bo’linadi. 
Oddiy marketing dasturlari firmaning ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan
barcha masalalarni hal etishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa yangi mahsulot
ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish
samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
Obyektiga bog’ligiga ko’ra, marketing dasturlari mahsulotlar va ishlab
chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:
 tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotning
zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
Нарх
Товар
Коммуникациялар
Тақсимот
Бошқалар
Маркетинг мажмуи 
элементларининг ўзаро 
боғлиқлиги
Маркетинг дастурининг 
шаклланиши
Маркетинг режаси


 innovasiya bo’yicha qarorni asoslash;
 chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror
qabul qilish;
 tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o’rnatish;
 ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarning umumiy
hajmi va tuzilishini hisoblash;
 moliyalashtirish manbalarini topish;
 ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
 ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
 ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan
ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha
marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatining jami
ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi.
Mahsulot bo’yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
 mahsulotning optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish;
 mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko’p variantli hisob-
kitobini o’tkazish;
 yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini
asoslash;
 chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
 iste’molchilarning maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan
holda, har bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;
 har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani
solishtirish);
 maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan
holda, har bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga
asosan korxonaning mo’ljallangan maqsadiga erishish va uning bajarilishini
nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagicha:
1. 
Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil).
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo’nalishlari.
Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2. 
Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo’llarini aniqlash.
3. 
Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni
ko’zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlari, marketing
vositasi, bozorga kirish vaqti va boshqalarni tanlash).
4. 
Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga


oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
5. 
Nazorat qilish.
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilning aniq bozor holatiga to’g’ri kelishi).
Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi
nazorati.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling