Tadbirkorlik pdf


Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi. Bu ko’rsatkichlar bilan
korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi aniqlanadi.
Fondning qaytarilishi asosiy fondlarning bir so’miga to’g’ri keluvchi ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori (summasi)ni ko’rsatadi.
Fondning qaytarilishi
=
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
Asosiy fondlar qiymati (F)
Fondning sarflanishi – fond qaytarilishining teskari miqdori bo’lib, mahsulot
birligiga asosiy fondlarning qanday summasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi:
Fondning sarflanishi
=
Asosiy fondlar qiymati (F)
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini
ko’paytirish, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini pasaytirish va asosiy
fondlarga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga imkon beradi.
Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi mikdoriga har xil omillar ta’sir etadi.
Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik
qiymatidagi mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymatining bir so’miga to’g’ri
keladigan mahsulot chiqarishiga bog’liqdir. Mashinalar, uskunalar qiymatining bir
so’miga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning
samaradorligini ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkichlar tahlili 8.4.5-jadvalda berilgan.


8.4.5-jadval 
Fondning qaytarilishi va sarflanishi ko’rsatkichlari tahlili
Ko’rsatkichlar
O’tgan yil
uchun
Hisobot
yili uchun
Farqi
(+; -)
Taqqoslangan va ulgurji narxlardagi tovar 
mahsuloti (ming so’m)
14006
14493
+487
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha 
yillik qiymati (ming so’m)
9337
8526
+297
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining fond 
qaytarilishi
1,5
1,7
+0,2
Asosiy ishlab chisarish fondlarining fond 
sarflanishi
0,7
0,6
+0,1
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, hisobot yilida asosiy fondlardan foydalanish
samaradorligi, ya’ni fondning qaytarilishi o’tgan yilga nisbatan 0,2 so’mga
ko’paygan, bu korxona ishiga ijobiy ta’sir etgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling