Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari
- Mehnat unumdorligi
8.4.4-jadval
Sotilgan mahsulotlar rentabelligi tahlili Ko’rsatkichlar O’tgan yilda Hisobot yilida Farqi (+; -) Sotishdan olingan sof foyda, ming so’m 122441 126086 +3645 Sotilgan mahsulotning tannarxi, ming so’m 96042 99382 +3340 Sotilgan mahsulotdan yalpi foyda, ming so’m 26399 26704 +305 Sotilgan mahsulotning rentabelligi, % da 21,6 21,1 -0,4 Jadval ma’lumotlariga ko’ra, hisobot yilida sotilgan mahsulotlarning rentabelliligi o’tgan yilga nisbatan 0,4% ga pasaygan. Bu sotishdan sof foyda miqdorining 3645 ming so’mga ko’paygani natijasida sodir bo’lgan. Resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari. Mehnat unumdorligi ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim o’lchovlaridan biridir. Mehnat unumdorligi bilan xodimlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aniqlanadi. Mehnat unumdorligining o’sishi jonli va buyumlashgan mehnatning tejalishini bildiradi. Mehnat unumdorligi bir xodim tomonidan ish vaqti birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning mikdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ish vaqtining mikdori bilan o’lchangan jonli mehnat sarfining samaradorligidir. Birinchi ko’rsatkich bir xodimning vaqt birligi ichida ishlab chiqargan mahsulotini aniqlaydi: Ishlab chiqarish = Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q) Ishlangan vaqt (T) Ikkinchi ko’rsatkich mehnat sarfini, ya’ni mahsulot birligiga sarflangan vaqtni aniqlaydi: Mehnat sarfi = Ishlangan vaqt (T) Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q) Mehnat unumdorligi oshishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, mahsulot tannarxini pasaytirish, ish kuchiga ehtiyojni nisbatan qisqartirish, xodimlar ish haqining o’sishini ta’minlashga imkon beradi. Bular kichik korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarurdir. Mehnat unumdorligining quyidagi ko’rsatkichlari mavjud: bir ishchining o’rtacha yillik ishlab chiqarishi (mahsulot hajmini ishlovchilarning o’rtacha ro’yxat soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ishlab chiqarish (mahsulot hajmini ishchilarning o’rtacha ro’yxat soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha kunlik ishlab chiqarish (bir kunlik mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga bir soatga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish (bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi). Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling