Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYaTI 9.1. Tadbirkor rahbar etikasi
Adabiyotlar
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2005 yil 11 apreldagi PF-3594-sonli Farmoni. “Xabarnoma” jurnali, 2005 yil, 2-son. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini tako-millashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to’g’risida»gi 2005 yil 15 iyundagi PQ-100-son qarori. “Xabarnoma” jurnali, 2005 yil, 2-son. 3. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. – T.: TDIU, 2010. 4. Samadov A,N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: Moliya-iqtisod, 2008. 5. Qosimova M.S., Samadov A,N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005. 6. Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muxitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish: O’quv qo’llanma. –T.: O’qituvchi, 2003. 7. Aniskin Yu.P. Organizasiya i upravleniye malыm biznesom: Uchebnoye posobiye. – M.: Finansы i statistika, 2008. 8. Lapusta M.G. Predrinimatelstvo. –M.: INFRA-M, 2004. 9. Malыy biznes. Organizasiya, ekonomika, upravleniye: Ucheb. posobiye dlya vuzov / Pod red. prof. V.Ya.Gorfinkelya, V.A. Shvandara. – 2-ye izd., prereb. i dop. –M.: YuNITI-DANA, 2008. 9-bob. TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYaTI 9.1. Tadbirkor rahbar etikasi Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari – biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir. Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim. Arastu (Arestotel) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq to’g’risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”, - degan edi. Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani”. Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko’rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo’llaniladi. “Biznesmenlarning axloq kodeksi” birinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan. Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajribasiga asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo’lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi: Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling