Tadbirkorlik pdf


Uyushish-jipslashish bosqichi


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Uyushish-jipslashish bosqichi. Mehnat jamoasiga uyushish-jipslashish
hamkorlikda faoliyat qilish zaruratidan kelib chiqadi. Bunda jamoa a’zolarining
malakasi, qobiliyati, qiziqishlari e’tiborga olinadi. Shaxsiy ehtiyojlarni
qondirishdagi faoliyat kishilarni jipslashtiradi. Tadbirkor rahbar mehnat jarayonida
kishilarning bilimi, kasbi, malakasi, yoshini hisobga olib, ularni jamoaga to’playdi.
Bunda tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyati namoyon bo’ladi.


Jamoaning tarkib topish bosqichi. Bu bosqichda tadbirkor rahbar jamoa har
bir a’zosining mehnatga munosabatini aniqlashga harakat qiladi. Kimki faoliyatining
ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglasa, bor kuchi, ijodkorligini ishga safarbar etadi.
Jamoada faollar va dangasalar, ishga halaqit beruvchilar bo’lishi mumkin. Tadbirkor
rahbar bunday holda xodimlar o’rnini almashtirish, mehnatga munosabatini
o’zgartirish, o’z ishiga qiziqtirish, tashabbus ko’rsatishga undash orqali jamoa
faoliyatini ta’minlaydi. U bu ishlarni qo’l ostidagilar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish,
baholash, mehnat natijalarini chamalab ko’rish bilan qo’shib olib boradi.
Har bir a’zoning jamoaga moslashish bosqichi. Bu bosqichda «qoloqlar»,
«ishga halaqit beruvchilar» qolmaydi. Ularning shaxsiy qiziqish va ehtiyojlari
jamoa faoliyati bilan uyg’unlashib, moslashib ketadi. Sof axloqiy-ruhiy muhit
yaratilgan mehnat jamoasida faollik, ijodkorlik, kasbga qiziquvchanlik barqaror tus
oladi. Shaxsda yaxshi niyat paydo bo’ladi, maqsad va ehtiyojlarini qondirishga
intilish, mehnatsevarlik kuchayadi. Hamkorlikdagi mehnatdan zavq olish
shaxslararo munosabatlarni yaxshilaydi.
Insoniy qadriyatlarga erishish bosqichi. Bu bosqichda jamoa his-tuyg’ulari
bir maqsad yo’lida umumlashadi. Jamoaviy faollik vujudga keladi, an’anaviylik
qaror topadi. Inson o’z qiziqish va intilishlarini jamoa hayoti bilan bog’laydi.
Atrofdagilarga ishonch ortadi, do’stlik va muhabbat rishtalari mustahkamlanadi.
Bu jarayonlarda tadbirkor rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Bunda
tadbirkorning o’ziga xos ish yuritishi, boshqaruv malakasi, tashkilotchiligi,
tarbiyaviy ishlarni olib borish mahorati yaqqol namoyon bo’ladi.
Yaxshi tadbirkor rahbar uchun ma’lum shaxsiy sifatlar zarur. U qat’iyatligi va
chaqqon, ziyrak bo’lishi kerak. Tadbirkor o’ziga kerakli fikrlarni yig’a bilishi kerak.
99 foiz ilg’or g’oyalar mutaxassislar bilan muloqotda yuzaga kelsa, 1 foiz g’oyalar
odamlarni eshita bilishida paydo bo’ladi. Buning uchun suhbatlashishni bilish,
o’rganish, shaxsiy g’arazlarni unutish, g’oyalarni tartibga solish, eng asosiysi, doimo
o’qish-o’rganish kerak. Aks holda, u o’z ishini baholay olmaydi.
Tadbirkor rahbar bozor sharoitida o’z huquqidan to’la foydalanishi va zarur
hollarda quyidagilarni amalga oshirishi, ya’ni yomon xodimlardan voz kechishi,
o’z xodimlaridan zaruriy natijalarni talab etishi, fikrlash qobiliyatiga ega
bo’lganlarni g’oyalarga yo’naltirishi kerak va hokazo.
Shular bilan bir qatorda u qat’iy buyruqlar berishi, buyruqning bajarilish
natijalaridan voqif bo’lib turishi zarurdir. Shuning uchun u xodimlarning ichki
xususiyatlarini bilishi kerak. Ba’zan xodimlar qasddan mehnat intizomini
buzadilar. Bunga sabab moddiy ta’minotining o’z vaqtida bo’lmasligi, bir necha
vazifani bir vaqtda berilishi, uning aniq bajarilish vaqti ko’rsatilmaganligi,
mukofotlash shaklining nomukammalligidir. Tadbirkor rahbar kishilarning bunday
kamchiliklariga sabr-toqat bilan yondashishi kerak.
Tadbirkor rahbar kamsuqum, qat’iy, halol, shijoatli bo’lib, ishchi-
xizmatchilarning fikri, taklifi, mulohazalari bilan hisoblashib, demokratik usulda
ish ko’radi. Shu bilan bir qatorda, korxonada intizomni, tartibni talabchanlik bilan
nazoratga oladi. Sifat bilan ko’rsatkichni e’tibordan chetda qoldirmaydi. Mehnatni
aniq hisob-kitob, reja bilan yuritishga erishadi. O’zining qobiliyatiga obyektiv
baho bera oladi. Kadrlarni tanlashda, ish jarayonida tanish-bilishchilikka emas, asl


mutaxassislarga suyanadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling