Tadbirkorlik pdf
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
11.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning
iqtisodiy rivojlanishdagi rolini oshirish Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. Kam xarajat hisobiga yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasi va uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish, shuningdek mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan. Kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning natijasi quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: - kichik biznesning mamlakatimiz YaIMdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga yetganligi; - ish bilan band xodimlar pul daromadlarining 70 foizi aynan kichik biznes sohasida shakllanayotganligi; - kichik biznes korxonalarining mamlakat eksportidagi ulushi 2009 yilda 14,3 foizga yetganligi va h.k. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularni kreditlash hajmining oshishi sohani rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasining 8 foizdan 7 foizga tushirilishi natijasida 23,6 mlrd. so’m miqdoridagi mablag’ mazkur korxonalar ixtiyorida qoldirildi. Shu yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 850 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi (11.1.2-rasm). Bu 2001 yildagiga nisbatan qariyib 11 marta, 2005 yildagiga nisbatan 4 marta ko’p. Kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlarning 462 mlrd. so’mi «Mikrokreditbank» hissasiga to’g’ri keldi. Soha rivoji uchun shu yili Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki (KfV), XXR Hukumati va boshqa xorijiy investorlar mablag’lari hisobidan jami 121,8 mln. doll. yoki 2008 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortiq kredit resurslari jalb etildi. 2010 yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7 foizga tushirilgan bo’lsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik biznes korxonalari uchun joriy etildi. Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog’liq ravishda kichik biznes subyektlari quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin: - 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlari soliqlarning barcha turlari va ayrim majburiy ajratmalarni to’lashdan ozod qilingan; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling