Tadbirkorlik pdf
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
tadbirkorlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Giperinflyasiya
- Debitor
- Dekort
Venchur korxonalari – davlat, yirik firmalar bilan shartnoma asosida ilmiy
izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq yetuvchi korxona. Garantiya – kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani ta’minlaydigan sharoit. Shartnoma tuzuvchi tomonlar, masalan, shartnomaning bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga kafillik beradi. Giperinflyasiya – pul qadrsizlanishining juda yuqori sur’atini ifodalaydi. Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi. Daromadlar – korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim ko’rsatkichi bo’lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi, do’konning daromadi molning xarid narxi bilan sotilish narxi o’rtasidagi tafovutdan kelib chiqadi. Debitor – biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs yoki fuqaroning qarzdor bo’lib qolishi. Devalvasiya – mamlakat pul birligi asosidagi oltinning kamayishi yoki kursining boshqa mamlakatlar valyutasi kursiga nisbatan qonuniy ravishda pasayishi. Deklarasiya – ma’lum axborotni o’z ichiga oluvchi hujjat. Deklarasiya bojxona uchun tayyorlangan bo’lsa, unda boj to’lanadigan molning nomi, miqdori, narxi va boshqalar ifodalanadi. Dekort – molning haqini muddatdan avval to’langan yoki molning miqdori, sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan chegirma. Demarketing – marketingning bir turi bo’lib, ishlab chiqarish quvvati, xomashyoning yetishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan molga talabni pasaytirishga qaratilgan. Demping – eksport tovarlarini bozorning o’rtacha narxidan, hatto tannarxidan ham pastroq narxda sotish. Bu usul bozorni egallash, raqobatchilarni sindirish maqsadida qo’llaniladi. Defisit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar yetishmasligi, byudjet mablag’ining yetishmasligi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling