Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Venchur korxonalari – davlat, yirik firmalar bilan shartnoma asosida ilmiy
izlanishlar olib boruvchi, muhandislik ishlarini yaratuvchi, yangiliklarni tatbiq
yetuvchi korxona.
Garantiya – kafillik, ishontirish, gardaniga olish, biror-bir narsani
ta’minlaydigan sharoit. Shartnoma tuzuvchi tomonlar, masalan, shartnomaning
bajarilishiga, agar bajarilmasa, zararlarni qoplashga kafillik beradi.
Giperinflyasiya – pul qadrsizlanishining juda yuqori sur’atini ifodalaydi.
Bunda pulning qadrsizlanishi yiligi 1000 foizdan ortadi.
Daromadlar – korxona, tashkilot, firmalar faoliyatining muhim ko’rsatkichi
bo’lib, faoliyatning barcha tomonlaridan kelishi mumkin. Savdo firmasi,
do’konning daromadi molning xarid narxi bilan sotilish narxi o’rtasidagi
tafovutdan kelib chiqadi.
Debitor – biror korxonadan, firmadan, muassasadan boshqa yuridik shaxs
yoki fuqaroning qarzdor bo’lib qolishi.
Devalvasiya – mamlakat pul birligi asosidagi oltinning kamayishi yoki
kursining boshqa mamlakatlar valyutasi kursiga nisbatan qonuniy ravishda
pasayishi.
Deklarasiya – ma’lum axborotni o’z ichiga oluvchi hujjat. Deklarasiya
bojxona uchun tayyorlangan bo’lsa, unda boj to’lanadigan molning nomi, miqdori,
narxi va boshqalar ifodalanadi.
Dekort – molning haqini muddatdan avval to’langan yoki molning miqdori,
sifati kelishuv shartlariga mos kelmagani uchun molning narxidan chegirma.
Demarketing – marketingning bir turi bo’lib, ishlab chiqarish quvvati,
xomashyoning yetishmasligi tufayli bozorga kam chiqariladigan molga talabni
pasaytirishga qaratilgan.
Demping – eksport tovarlarini bozorning o’rtacha narxidan, hatto tannarxidan
ham pastroq narxda sotish. Bu usul bozorni egallash, raqobatchilarni sindirish
maqsadida qo’llaniladi.
Defisit – biror narsaning yetishmasligi, kamchiligi. Jumladan, tovarlar
yetishmasligi, byudjet mablag’ining yetishmasligi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling