Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Investision kreditlar – ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, modernizasiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va
inshootlarni qurish uchun zarur vositalarni sotib olish maqsadida olingan kreditlar.
Iqtisodiy nochor korxonalar – muayyan miqdorda kapital yo’qotish, ishlab
chiqarish maydonlarini qisqarishi, ishsizlar sonining ortishi, raqobatbardosh
bo’lmagan mahsulot ishlab chiqaradigan va buning uchun katta miqdorda
materiallar, xomashyo, yonilg’i, mexnat resurslari sarflaydigan qoloq, samarasiz
korxona
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish sanoat ishlab chiqarishining turli
bosqichlarida import shaklida xarid qilish orqali qo’llaniluvchi detallar, butlovchi
qismlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlarni mahalliy xomashyo va
materiallar asosida ishlab chiqarishga o’tkazish jarayoni.
Import o’rnini bosish samarasi mahalliylashtirish jarayonini amalga
oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar natijasida
tejalgan import mahsulotlari qiymati.
Investisiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga,
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi
ko’rinishi. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog’ozlar
ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investisiya nominal
investisiya, ana shu pul mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investision
resurslar real investisiya deyiladi. 
Investisiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar investision
faoliyat deb atalib, u quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:


- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizasiya ajratmalari, pul
jamg’armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligasiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aksiyalarni sotishdan olingan
mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari);
- davlat byudjeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling