Tadbirkorlik pdf


Aholining xarid qobiliyati


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Aholining xarid qobiliyati – aholining bozordagi vujudga kelgan narx
asosida mollar va xizmatni xarid qilish imkoniyati. Aholining xarid qobiliyati
bozor sig’imini belgilashda yetakchi o’rin egallaydi.
Aholining minimal iste’mol byudjeti – har bir oila a’zosining ish kuchini
qayta tiklashi uchun zarur mablag’ miqdori. Bunda zarur iste’mol mollari,
xizmatning miqdori va sifati e’tiborga olinadi va oilaning har bir a’zosiga pul
birligida hisoblanadi.
Baza – asos, tayanch, quyi qism, ombor va boshqalar. Tijorat ishlarida band
bazalar; mol qabul qiluvchi, qayta ishlovchi, navlarga, turlarga ajratuvchi va
saqlovchi bazalardan iborat.
Bank – pul mablag’larini mujassamlashtiradigan, qarz beruvchi, pul,
qimmatbaho qog’ozlarni, hisoblarni olib boruvchi muassasa.
Bankrot – to’lovga qodir bo’lmagan qarzdor.
Barter – savdo-sotiq faoliyatining bir turi bo’lib, mahsulot ayriboshlash pul
to’lovisiz sodir bo’ladi. Almashuv mahsulotlar narxi, xalqaro va ichki bozor
narxlari, sifati, yetkazib berish shartlari hisobga olinib, ular o’rtasidagi nisbat
o’rnatiladi.
Bashorat – ma’lum axborotlar, raqamlar, hisoblar, sharoitga tayanib bashorat
qilish.
Bijuteriya – zargarlik mollari savdosi.
Birja – qimmatbaho qog’ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xomashyo
sotiladigan va xarid qilinadigan muassasa.
Boj to’lovi – chegaradan chiqayotgan yoki kelayotgan mollarga qo’yilishi
mumkin bo’lgan to’lov. Uning miqdori davlat siyosatiga bog’liq. Boj miqdori
maxsus boj tariflarida ifodalanadi.
Bozor segmenti – bozorning ma’lum qismini tashkil etadi va bozordagi
iste’mol maqsadi bir bo’lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi.
Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa
xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi.
Bozor sig’imi – ma’lum bozorda ma’lum muddatda to’lovga qodir mol taklifi
va chakana narx darajasi hisobga olingan holda sotilishi mumkin bo’lgan mol
miqdori. Bozor sig’imini aniqlashda biror tovarga mo’ljallangan aholining xarid
quvvati, korxonalarning aynan shu molni sotib olish ehtiyoji hisobga olinadi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling